Yangilangan sana: 2017-04-28 Ko`rilgan: 205

Ilm-fan rivoji - farovon hayot kafolati

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta`lim, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi tomonidan “Fan va taraqqiyot: ilm-fanning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o`rni, natijalar, istiqbol rejalar” mavzuida konferensiya o`tkazildi.

Tadbirda parlament quyi palatasi deputatlari, Fanlar akademiyasi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Fan va texnologiyalar agentligi, Oliy attestatsiya komissiyasi mutasaddilari, mutaxassislar, yosh olimlar va jurnalistlar qatnashdi.

Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning o`rnini yanada mustahkamlash, akademiklar faoliyatini har tomonlama qo`llab-quvvatlash, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashga alohida e`tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 29-dekabrdagi "O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi farmoni bu boradagi ishlar ko`lamini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Ilm-fanning ta`lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi mexanizmlari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar ehtiyojlarini hisobga olgan holda fan va texnologiyalarni rivojlantirish yetarli darajada emasligi, jahon va mamlakatimiz yutuqlaridan foydalanish talabga javob bermasligini ko`rsatmoqda. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan o`tkazish tizimidagi ortiqcha talablar, dissertatsiya himoyasi uchun chet ellarda nashr etilgan ilmiy ishlar talabini soddalashtirish kabi qator masalalar yechimini kutmoqda.

2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida ilm-fanni rivojlantirishga alohida urg`u berilgan. Unga ko`ra, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag`batlantirish, ilmiy yutuqlarning amaliyotga joriy etish mexanizmi, oliy o`quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish kabi vazifalarni amalga oshirish ko`rsatilgan.

Ishtirokchilar Prezidentimiz tomonidan oliy ta`lim tizimini rivojlantirish, oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim tizimini, Fanlar akademiyasi faoliyatini, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish bo`yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ilm-fan ravnaqi hamda sohadagi qonunchilik mexanizmlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta`kidladi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta`lim, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi tomonidan

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi mart 2017

Bugun 2017 yilning mart oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

O`zbekiston sanoat korxonalari eksport salohiyati oshmoqda

Yarmarkada mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tarmoq sanoat korxonalari, kichik biznes subyektlari o`z mahsulotlari va istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi loyihalari bilan ishtirok etdi...

Mashhur yangiliklar

2015-07-06 Bosma uskuna

2013-04-05 Oqsaroyda qabul

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте