Yangilangan sana: 2017-04-13 Ko`rilgan: 220

Mashhur dirijyor o`zbek sahnasida

Dunyoni lol qoldirgan ko`plab musiqalar uning ishorasi bilan yangraydi, butun orkestr uning izmiga bo`ysunadi. Dirijyorlik "tayog`i"ni o`ynatib, san`at olamida nom qozongan Valeriy Gergiyevning konsertini kutmagan musiqa ixlosmandi kam topilsa kerak.

“O`zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Rossiya Federatsiyasi xalq artisti, Myunxen filarmoniyasi orkestri bosh dirijyori Valeriy Gergiyev boshchiligida Sankt-Peterburgning Mariinskiy teatri filarmoniya orkestri konserti bo`lib o`tdi. Kechada K.Debyussi, I.Stravinskiy, P.Chaykovskiy ijodiga mansub musiqalar yangradi.

Taniqli rus san`atkorlari ishtirokidagi konsertda solist - iqtidorli yosh o`zbek pianinochisi Behzod Abduraimov mashhur rus kompozitori Sergey Prokofevning orkestr jo`rligida fortepiano uchun "3-konsert"ini ijro etdi.

Mashhur rus dirijyori, nafaqat Rossiya, ayni paytda Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya, Yaponiya, Ispaniya va boshqa mamlakatlar filarmonik orkestrlariga dirijyorlik qilib kelayotgan Valeriy Gergiyevning Toshkentdagi konserti muxlislar olqishiga sazovor bo`ldi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Dunyoni lol qoldirgan ko`plab musiqalar uning ishorasi bilan yangraydi, butun orkestr uning izmiga bo`ysunadi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O`zbekiston - Rossiya hamkorligida yangi ufqlar ochgan tarixiy tashrif

Avval xabar qilinganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4-5-aprel kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo`ldi.

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi mart 2017

Bugun 2017 yilning mart oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте