Yangilangan sana: 2017-03-31 Ko`rilgan: 240

Seminar

O`zbekiston matbuot va axborot agetligida Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda muhr va tamg`a ishlab chiqarish jarayonini "yagona oyna" interaktiv bazalari orqali amalga oshirish tartiblariga bag`ishlangan seminar o`tkazildi. Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ-2646-sonli Qaroriga asosan 2017 yil 1 apreldan e`tiboran muhr va tamg`alarni ishlab chiqaruvchi korxonalar "yagona oyna"ning avtomatlashtirilgan tizimlari orqali buyurtmalar bilan ishlash tizimi joriy etilishi belgilangan.

Ushbu tadbirda muhr va tamg`alarni ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirok etdilar. Unda muhr va tamg`alarni ishlab chiqarish bo`yicha byurtmalarni ro`yxatdan o`tkazish hamda tegishli ma`lumotlarni interaktiv bazaga kiritish jarayonida texnik jihatlariga katta e`tibor qaratilgan.

Shu bilan birga, tadbirkorlik sub`ektlariga tegishli muhr va tamg`larni ishlab chiqarish uchun buyurtmalarni qabul qilish jarayoni soddalashayotgani haqida muhokama qilindi.

Ta`kidlab o`tish zarurki, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan Reglamentiga asosan muhr va tamg`alarni ishlab chiqarish bo`yicha faqat tadbirkorlik sub`ektlari uchun mezonlar belgilab olingan bo`lib, davlat korxonalariga muhr va tamg`alarni ishlab chiqarish jarayoniga taaluqli emas.

Seminar so`ngida ko`rilgan masalalar bo`yicha atroflicha muhokama etildi va ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga to`liq javoblarni oldilar. (API)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O`zbekiston matbuot va axborot agetligida Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda muhr va tamg`a ishlab chiqarish jarayonini...

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Poytaxtimizda Yaponiya kinosi kunlari boshlandi

Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida Yaponiya kinosi kunlari boshlandi...

O`zbekiston - Rossiya hamkorligida yangi ufqlar ochgan tarixiy tashrif

Avval xabar qilinganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4-5-aprel kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo`ldi.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте