Yangilangan sana: 2017-03-24 Ko`rilgan: 265

Poytaxtimizda Yaponiya kinosi kunlari boshlandi

 

Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida Yaponiya kinosi kunlari boshlandi.

Unda Yaponiya kinematografiya san`atining o`ziga xos jihatlarini aks ettirgan ikkita badiiy va uch animatsion film tomoshabinlar e`tiboriga havola etiladi. Qiziqarli voqealarga boy mazkur asarlar yapon xalqining turmush tarzi, madaniyati, urf-odatlari, yoshlarining dunyoqarashi va ichki kechinmalari haqida tasavvur uyg`otadi.

Madaniy anjuman Tomoyuki Furumaya tomonidan suratga olingan "Voyaga yetmaganlar uchun Busido" filmi namoyishi bilan boshlandi. "Miyori va sehrli o`rmon", "Nafis so`zlar bo`stoni", "Yoz kechasidagi uyqu", "Pakana Maruko" kabi filmlar namoyish etiladi.

Tadbirning ochilishida “O`zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev, Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Ito va boshqalar mamlakatlarimiz o`rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda bunday madaniy-ma`rifiy tadbirlarning o`rni katta ekanini qayd etdi.

“O`zbekkino” milliy agentligi va Yaponiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi hamkorligida o`n ikkinchi bor tashkil etilgan Yaponiya kinosi kunlari 26-martga qadar davom etadi.

Mamlakatimiz kino ixlosmandlari tadbir kunlari Yaponiyaning taniqli kino ijodkorlari - rejissyorlar, aktyorlar va ssenariy mualliflari bilan uchrashish imkoniga ega bo`ladi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida Yaponiya kinosi kunlari boshlandi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O`zbekiston xalqiga Navro`z tabrigi

Ona diyorimizga barchamiz orziqib kutgan, go`zal va dilbar fasl - Navro`zi olam kirib kelmoqda...

Seminar

O`zbekiston matbuot va axborot agetligida Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda muhr va tamg`a ishlab chiqarish jarayonini...

Mashhur yangiliklar

2013-04-05 Oqsaroyda qabul

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте