Yangilangan sana: 2017-03-10 Ko`rilgan: 341

Kitobxon talabalar tanlovi

Prezidentimizning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ibot qilish bo`yicha komissiya tuzish to`g`risida”gi farmoyishining ijrosini ta`minlash maqsadida ta`lim muassasalarida turli ko`rik-tanlovlar, ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari o`tkazilmoqda.

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida o`tkazilgan "Kitobxon talaba" ko`rik-tanlovi shulardan biri. Unda 50 nafardan ziyod talaba "Kitob - tafakkur xazinasi", "Eng faol badiiy asarlar targ`ibotchisi", "Asarlardan videolavhalar", "Ijodkor talaba", "Asarlardan yaralgan navolar" yo`nalishlari bo`yicha o`zaro bahslashdi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Milliy g`oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Respublika Ma`naviyat targ`ibot markazi hamkorligida tashkil etilgan tanlovda shoir va yozuvchilar, madaniyat va san`at namoyandalari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Universitet prorektori D.Jumaboyev, shoira Q.Rahimboyeva va boshqalar davlatimiz tomonidan adabiyotni, kitob mahsulotlari chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirishga qaratilayotgan e`tibor yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, ijodkorlar va kitobxonlar o`rtasidagi muloqotni jonlantirishga xizmat qilayotganini ta`kidladi.

Tanlovda kitobxonlikning bugungi ahvoli va muammolari, kitob va kitobxonlik madaniyati, elektron kutubxonalar va xizmat ko`rsatishning innovatsion yo`nalishlari xususida ham fikr almashildi.

Universitetning jurnalistika fakulteti birinchi kurs talabasi Zulxumor Orifjonova tanlovning "Eng faol badiiy asarlar targ`ibotchisi" yo`nalishi bo`yicha muvaffaqiyatli ishtirok etdi. U Tog`ay Murod qalamiga mansub "Otamdan qolgan dalalar" asarining yosh avlod tarbiyasidagi o`rni, badiiy ahamiyatini keng jamoatchilik oldida targ`ib etdi.

Tanlovda g`oliblikni qo`lga kiritgan talabalarga esdalik sovg`alari topshirildi. (O`zА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida o`tkazilgan Kitobxon talaba ko`rik-tanlovi shulardan biri

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi fevral 2017

Bugun 2017 yilning fevral oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

O`zbekiston xalqiga Navro`z tabrigi

Ona diyorimizga barchamiz orziqib kutgan, go`zal va dilbar fasl - Navro`zi olam kirib kelmoqda...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте