Yangilangan sana: 2017-02-15 Ko`rilgan: 280

O`zbekiston Prezidenti Rossiya Hukumati raisining o`rinbosarini qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-fevral kuni Iqtisodiy hamkorlik bo`yicha O`zbekiston - Rossiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining o`rinbosari Dmitriy Kozakni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O`zbekiston bilan Rossiya o`rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari ko`plab yo`nalishlarda, xususan, savdo-iqtisodiy sohada izchil rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotganini alohida ta`kidladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning 2016-yil 6-sentabr kuni Samarqandda bo`lib o`tgan uchrashuvi chog`ida erishilgan kelishuvlar faol va samarali amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Bugungi kunda Rossiya O`zbekistonning asosiy iqtisodiy sheriklaridandir. 2016-yil yakunlariga ko`ra, o`zaro savdo hajmi 4,2 milliard AQSh dollaridan ziyodni tashkil etgan. Tovar ayirboshlash hajmini yanada ko`paytirish maqsadida O`zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini "yashil yo`lak" orqali rossiyalik iste`molchilarga yetkazishni tashkil etishga doir kelishuvlar imzolangan. Joriy yilda Rossiya bozoriga 1 million tonnadan ortiq meva-sabzavotlar, shuningdek, ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan keng turdagi mahsulotlar yetkazib berish mo`ljallangan.

Hamkorlikning barcha yo`nalishlari, shu jumladan, ikki mamlakat hududlari o`rtasidagi aloqalar sezilarli darajada faollashdi.

Investitsiyaviy hamkorlik kengayib bormoqda. Bugungi kunda O`zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokida tashkil etilgan 960 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda, Rossiyaning 64 yetakchi kompaniyasi vakolatxonalari akkreditatsiyadan o`tgan.

Neft-gaz sohasi bilan bir qatorda mashinasozlik, metallurgiya, to`qimachilik sanoati, farmatsevtika, zamonaviy tibbiy uskunalar ishlab chiqarish, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohalarida ham yangi investitsiyaviy loyihalar tayyorlanmoqda va amalga oshirilmoqda. Ta`lim va sog`liqni saqlash sohalarida yangi dastur va bitimlar ishlab chiqilmoqda.

Uchrashuvda iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi o`zaro manfaatli hamkorlik yo`nalishlarini yanada diversifikatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ikki mamlakat kompaniyalari o`rtasida uzoq muddatli amaliy aloqalarni o`rnatish, shuningdek, yangi qo`shma dastur va loyihalarni amalga oshirishda Iqtisodiy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiya muhim o`rin tutayotganini qayd etdilar.

D.Kozak samimiy qabul uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirib, Rossiya Federatsiyasi O`zbekiston Respublikasi bilan keng ko`lamli savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta`kidladi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-fevral kuni Iqtisodiy hamkorlik bo`yicha O`zbekiston

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi yanvar 2017

Bugun 2017 yilning yanvar oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

Sadoqatli do`st

Yoshlar ijod saroyida shu yilning 27-28-fevral kunlari Navoiy viloyatida bo`ladigan...

Mashhur yangiliklar

2014-02-18 Modernizatsiya

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте