Yangilangan sana: 2010-05-12 Ko`rilgan: 1115

Ta’til mazmunli o‘tadi

      Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy bog‘ida Toshkent shahar hokimligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan “Kuch – bilim va tafakkurda” mavzuida festival tashkil etildi.

      “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi doirasida o‘tkazilgan tadbirga poytaxtimizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, bolalar musiqa va san’at, sport maktablari, badiiy ijodiyot markazlarining o‘quvchilari, ularning ota-onalari, pedagoglar, mahallalar faollari taklif etildi.

      Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlod istiqboli yo‘lida ko‘rsatilayotgan e’tibor yurtimiz o‘g‘il-qizlarini sog‘lom va barkamol, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmagan insonlar etib tarbiyalash, puxta va mukammal bilim berishdek ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijodiy-intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish uchun yaqindan ko‘maklashish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘zining yuksak samaralarini bermoqda.

      Bunday mas’uliyatli jarayonda o‘quvchi-yoshlarning ta’limdan bo‘sh vaqtini to‘g‘ri, unumli va samarali tashkil etish, ularni o‘z orzu-intilishlari, qiziqishi va layoqati bo‘yicha kasb-hunarga muttasil yo‘naltirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodni jismonan barkamol etib tarbiyalash, bolalar badiiy ijodiyoti va sportini ravnaq toptirish, maktab o‘quvchilarini yaqinlashib kelayotgan yozgi ta’til davrida turli fan, badiiy ijodiyot, sport-sog‘lomlashtirish to‘garaklariga keng jalb etish maqsadida tashkil etilgan ushbu festivalda ishtirokchilar poytaxtimizdagi maktabdan tashqari ta’lim muassasalari bilan atroflicha tanishtirildi.

      Bugungi kunda shahrimizda yuzga yaqin o‘quvchilar ijodiyot, texnik markazlari, musiqa va san’at maktablari, sport majmualari, bolalar sport maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda. Yozgi ta’til davrida shahrimizdagi umumta’lim dargohlaridagi 143 ming nafar 5-8-sinf o‘quvchilarining aksariyatini maktablar qoshida tashkil etiladigan oromgohlar, to‘garaklar, sport seksiyalari, ijodiyot markazlariga jalb etish ko‘zda tutilgan.

      – Bizning majmuamizda Sobir Rahimov tumanidagi «Qorasaroy», «Guruchariq», «Sag‘bon», Hazrati Imom nomidagi mahallalar hamda Qoraqamish mavzesida yashovchi bolalar sport bilan shug‘ullanadi, – deydi «Istiqlol» sport majmuasi rahbari Ravshan Yunusov. – Yozgi ta’til davrida sportning futbol, stol tennisi, yengil atletika, shaxmat, shashka kabi turlari bo‘yicha seksiyalardagi mashg‘ulotlarni yanada ko‘paytirishni rejalashtiryapmiz.

      Madina Mirzaahmedova poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 80-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qiydi. Uning aytishicha, mazkur tadbir natijasida o‘zi istiqomat qilayotgan tumandagi bolalar sport maktabidagi suzish seksiyasiga, shahar o‘quvchilar ijodiyot markazining kompyuter savodxonligi, chevarlik to‘garaklariga a’zo bo‘lgan. Bu uning yozgi ta’tili sermazmun va maroqli o‘tishiga xizmat qiladi.

      Ikki kun davom etgan tadbirda ishtirok etgan o‘quvchilar, ota-onalar, pedagoglar shahrimizdagi maktabdan tashqari ta’lim maskanlarining faoliyati, ulardagi turli to‘garaklar, qo‘shimcha tashkil etiluvchi o‘quv, sport-sog‘lomlashtirish, badiiy ijodiyot bo‘yicha mashg‘ulotlar haqida atroflicha ma’lumot oldilar.

(O'zА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Ta’til mazmunli o‘tadi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

“Asrlar sadosi” yangrayveradi

      Qadimiy va navqiron Xiva shahrida 8-9 may kunlari “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Asrlar sadosi – 2010” festivali bo‘lib o‘tdi.

Ilg‘or o‘qituvchilar uchun grantlar

      Poytaxtimizdagi Milliy san’at markazida “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” tomonidan ta’sis etilgan Pedagogik grantlar dasturi ijrosiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

      Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yosh avlodga jahon andozalari darajasida puxta bilim berish, ularni mustaqil fikrli barkamol shaxs etib tarbiyalash imkonini bermoqda. Ma’rifiy sohadagi ulkan o‘zgarishlarda pedagoglarni rag‘batlantirish, o‘qituvchilarning ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, amaliyotga tatbiq etish uchun yaqindan ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mashhur yangiliklar

2013-04-30 Quvnoq startlar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте