Yangilangan sana: 2016-12-07 Ko`rilgan: 490

2017-yil mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e`lon qilindi

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 24-yilligi munosabati bilan 7-dekabr kuni “O`zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida tantanali tadbir bo`lib o`tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat, san`at va sport namoyandalari, keng jamoatchilik, yurtimizda faoliyat ko`rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

Yig`ilishni Toshkent shahar hokimi R.Usmonov ochdi. O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. O`zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yig`ilishda ma`ruza qildi. Mustaqillik yillarida xalqimiz erishgan barcha yutuq va marralar, iqtisodiyotimizning ulkan sur`atlar bilan o`sishi Konstitutsiyamizning hayotbaxsh qudratini, unda mujassam bo`lgan qoida va normalarning naqadar chuqur o`ylangani, har tomonlama mustahkam asosga ega ekanini yaqqol namoyon etadi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Insonparvarlik ruhi bilan yo`g`rilgan islohotlar xalqimiz turmushining yanada yuksalishi, mamlakatimiz obodligi va taraqqiyotini ta`minlash, Vatanimizning dunyo hamjamiyatida obro`-e`tiborini yuksaltirish va yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda yuksak samaralar bermoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2016-yil mamlakatimizda Sog`lom ona va bola yili, deb e`lon qilingan edi. Bu borada ishlab chiqilgan Davlat dasturi asosida ona va bola salomatligini mustahkamlash, jismonan sog`lom, yuksak ma`naviyatli avlodni tarbiyalashga qaratilgan keng ko`lamli ishlar amalga oshirildi.

Ushbu dasturda belgilangan tadbirlar mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab olib, sog`lom avlodni tarbiyalashdek ezgu maqsadlarimizni ro`yobga chiqarishda davlat va nodavlat tashkilotlari, ijtimoiy tuzilmalar, ishlab chiqarish korxonalari, biznes vakillari faol qatnashgani bu g`oyaning umumxalq harakatiga aylanganining yaqqol namoyoni bo`ldi.

Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan har yangi yilga muayyan nom berish yaxshi an`anaga aylangani, bu borada alohida davlat dasturi ishlab chiqilib, kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini qayd etdi. Mustaqilligimiz asoschisi boshlab bergan bu an`anaga binoan kirib kelayotgan yangi - 2017-yilni mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e`lon qilishni taklif etdi. Bu taklif yig`ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo`llab-quvvatlandi. (O`zА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 24-yilligi munosabati bilan 7-dekabr kuni O`zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida tantanali tadbir bo`lib

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Markaziy saylov komissiyasi saylovning dastlabki natijalarini e`lon qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo`yicha Respublika matbuot markazida o`tkazilgan brifingda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari to`g`risida ma`lumot berildi...

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi noyabr 2016

Bugun 2016 yilning noyabr oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте