Yangilangan sana: 2016-11-24 Ko`rilgan: 246

Buxoro viloyatida ham saylovchilar muddatidan oldin ovoz berishda ishtirok etmoqda

“O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”gi qonunning 31-moddasida qayd etilganidek, saylov kuni o`z yashash joyida bo`lish imkoniyatiga ega bo`lmagan saylovchilar muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega. Bu tadbir saylov boshlanishidan o`n kun oldin boshlanib, bir kun qolganda to`xtatiladi.

Buxoro viloyatida fuqarolar qonunda ko`zda tutilgan ana shu huquqdan foydalangan holda konstitutsiyaviy burchini ado etmoqda. Bunda ular ovoz berish kunida bo`la olmaslik sabablari, ya`ni xizmat safari, davolanish, xorijga chiqish kabilar ko`rsatilgan ariza bilan tegishli saylov uchastkasiga murojaat qilmoqda.

Dilnoza Ochilova Buxoro shahridagi 60-saylov uchastkasida ovoz berdi.

Mamlakatimizda yerosti boyliklarini o`zlashtirish, yoqilg`i-energetika sohasini rivojlantirish yo`lida minglab ishchilar mehnat qilmoqda. Saylov kuni ularning ayrimlari yashash joyida bo`lmasligini bildirib muddatidan oldin ovoz bermoqda.

Muddatidan oldin ovoz bergan fuqarolarning saylov varaqasi konvertga solingan holda qonunda belgilangan tartibda saylov uchastkasida qoldiriladi. Saylov kuni ovoz berish nihoyasiga yetgandan so`ng saylov qutilaridagi saylov varaqalari va byulletenlar sanab chiqish paytida qo`shib hisoblanadi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risidagi qonunning 31-moddasida qayd etilganidek

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

MDH missiyasi kuzatuvchilari o`z faoliyatini boshladi

Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi (MDH) missiyasi uzoq muddatli kuzatuvchilari O`zbekistonga keldi...

Markaziy saylov komissiyasi saylovning dastlabki natijalarini e`lon qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo`yicha Respublika matbuot markazida o`tkazilgan brifingda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari to`g`risida ma`lumot berildi...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте