Yangilangan sana: 2016-11-18 Ko`rilgan: 431

MDH missiyasi kuzatuvchilari o`z faoliyatini boshladi

Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi (MDH) missiyasi uzoq muddatli kuzatuvchilari O`zbekistonga keldi.

O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan MDH kuzatuvchilari missiyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish jarayonini kuzatishda ishtirok etadi.

Markaziy saylov komissiyasida MDH Ijroiya qo`mitasi bo`lim boshlig`i Yevgeniy Sloboda boshchiligidagi kuzatuvchilar missiyasi a`zolari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Komissiya raisi M.Abdusalomov mehmonlarni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasining borishi bilan tanishtirdi.

Ta`kidlanganidek, saylov kampaniyasi O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, saylov to`g`risidagi qonunlar va Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq holda, ochiqlik va oshkoralik sharoitida o`tmoqda.

MDH missiyasining uzoq muddatli kuzatuvchilari O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti jarayoni bilan tanishtirildi. Saylovoldi tashviqotini olib borishda nomzodlarga ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda keng va teng imkoniyatlar yaratilgani qayd etildi.

Uchrashuvda MDH kuzatuvchilari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Toshkent shahrida Missiya shtabi faoliyat ko‘rsatishi va kuzatuvni tashkil etish bilan bog`liq zarur tadbirlarni o`tkazishi ta`kidlandi. Saylov jarayonining borishi to`g`risida materiallar to`plash va ularni tahlil qilish, saylov qonunchiligini huquqiy ekspertizadan o`tkazish, tele va radiokanallardagi axborot dasturlari va ko`rsatuvlarni, shuningdek, bosma ommaviy axborot vositalarini monitoring qilish, nomzodlarning saylovoldi shtablarida uchrashuvlar o`tkazish Missiya shtabining asosiy vazifalari hisoblanadi.

Markaziy saylov komissiyasi shu paytga qadar Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va Islom hamkorlik tashkiloti missiyalarining 90 dan ziyod kuzatuvchisini akkreditatsiyadan o`tkazdi. (O`zА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi (MDH) missiyasi uzoq muddatli kuzatuvchilari O`zbekistonga keldi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi oktyabr 2016

Bugun 2016 yilning oktyabr oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

Buxoro viloyatida ham saylovchilar muddatidan oldin ovoz berishda ishtirok etmoqda

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risidagi qonunning 31-moddasida qayd etilganidek...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте