Yangilangan sana: 2016-11-02 Ko`rilgan: 1175
22-27-noyabr kunlari Toshkentda moda haftaligi bo`lib o`tadi
Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida mazkur moda haftaligi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi.
"Osiyo ramzi" dizaynerlar va modelyerlar uyushmasi boshqaruvi raisi X.Komilova va boshqalar barcha sohada ijod qilayotgan yoshlarni har jihatdan qo`llab-quvvatlash, xalqimiz, ayniqsa, ulg`ayib kelayotgan navqiron avlodning didi va estetik saviyasini yuksaltirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ta`kidladi.
Toshkent moda haftaligi modelyer va dizaynerlarning ijodiy izlanishlariga qanot bag`ishlash, ularning eng sara to`plamlari bilan xalqimiz, xorijlik mehmonlarni yaqindan tanishtirish, liboslar sohasida mehnat qilayotgan ijodkorlarning o`zaro fikr va tajriba almashishi uchun imkon yaratishda o`ziga xos maydonga aylanishi shubhasiz.
O`zbekiston libos dizaynerlarining ijod namunalari, nafis va betakror milliy matolarimiz xorijiy davlatlarda o`tkazilayotgan moda namoyishlarida yuksak e`tiborga sazovor bo`lmoqda. Moda haftaligida Italiya, Polsha, Latviya, Xitoy, Janubiy Koreya, Kuvayt kabi davlatlardan mutaxassislar ishtirok etishi kutilmoqda.
Haftalik doirasidagi tadbirlar qamrovi keng va rang-barang. O`ziga xos moda marafoni tarzidagi ushbu loyiha o`zbek milliy matolari va an’anaviy liboslariga bag`ishlangan to`qimachilik ko`rgazmasi bilan ochiladi. Xorijlik mutaxassislar ishtirokida o`tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanda moda sanoatiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, "Lux" toifasidagi liboslarni ishlab chiqarish va takomillashtirish, o`zbek modasining rivojlanish tendensiyalari, moda biznesi, bu borada odamlar ehtiyoj va talablari kabi masalalar muhokama etiladi.
Yosh dizaynerlar namoyishi moda sohasida izlanayotgan yigit-qizlar uchun o`z salohiyati, ilk ijodiy qadamlarini namoyish etish uchun qulay imkoniyat bo`lsa, mualliflik ko`rigida yurtimiz va xorijning mohir dizaynerlarining eng yaxshi kolleksiyalaridan bahramand bo`lish mumkin. Haftalik tadbirlaridagi kolleksiyalarni tomoshabinlar e`tiboriga havola etishda yurtimizning barcha hududlaridan yoshlar ishtirok etadi.
Mahalliy va xorijiy moda mutaxassislarining mahorat saboqlarida yosh dizaynerlarning didini yuksaltirish, ko`rkam liboslar yaratish, ularni keng omma e`tiboriga havola etish jarayoniga to`g`ri yondashuvni shakllantirish kabi jihatlarga katta ahamiyat qaratiladi. Haftalik dasturidan o`rin olgan Milliy libos festivali mamlakatimiz dizaynerlik sohasida izlanayotgan iste`dodlarga boy ekanini ishtirokchilariga yana bir karra namoyon etadi. (O`zА)
"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz
Oltin kuz xalqaro san`at festivali boshlandi
O`zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tashkil etilgan Oltin kuz xalqaro san`at festivali ham ana shu maqsadga xizmat qiladi...
O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi oktyabr 2016
Bugun 2016 yilning oktyabr oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...
Mashhur yangiliklar
2018-04-20 Sarmoyador - Teodor Drayzer
2012-02-01 Uyg‘оqlik, sеrgaklik — davr talabi
2015-12-13 O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi noyabr 2015
2014-08-27 Maktablar yangi o‘quv yiliga tayyor
2013-03-16 Umumxalq hashari boshlandi
2015-11-22 Ruscha gapirishni o‘rganamiz
2018-10-07 Bolajonlar uchun yangi kitob - АЗБУКА ВЕД