Yangilangan sana: 2016-10-28 Ko`rilgan: 474

Oltin kuz xalqaro san`at festivali boshlandi

Madaniyat, san`at va adabiyot vositasida xalqlarning ma`naviy bisoti boyiydi, do`stlik rishtalari mustahkamlanadi. O`zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tashkil etilgan «Oltin kuz» xalqaro san`at festivali ham ana shu maqsadga xizmat qiladi.

Festival 28-oktabrdan 3-dekabrgacha Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi va barcha viloyatlarda bo`lib o`tadi.

Ilk bor o`tkazilayotgan ushbu san`at forumi O`zbekiston va jahon san`atini o`zaro uyg`unlashtirgan. Mamlakatimiz ijodkorlarining chiqishlari xalqimizning milliy musiqa va teatr san`ati rivojini keng targ`ib qilsa, chet ellik san`at ustalari yurtdoshlarimizni jahon klassik kuylari va orkestr ijrochiligi namunalaridan bahramand etadi.

O`zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri o`rinbosari - "O`zbeknavo" estrada birlashmasi bosh direktori F.Jo`rayev va boshqalar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlod ma`naviyatini yuksaltirish, ularning dunyoqarashi va didini to`g`ri shakllantirish maqsadida musiqiy tarbiyaga alohida e`tibor qaratilgani, bu borada barcha imkoniyatlar yaratilganini ta`kidladi. Shahar va tumanlarda, hatto chekka qishloqlarda ham bolalar musiqa va san`at maktablari barpo etildi. Ixtisoslashgan kollej va litseylar, san`at saroylari, O`zbekiston davlat konservatoriyasida yoshlar o`z bilim va mahoratini oshirmoqda. “Yagonasan, muqaddas Vatan!”, “Nihol”, “Yurt kelajagi”, “Kamalak" yulduzlari” kabi ko`rik-tanlovlar iste`dodli yoshlarni kashf etish va ularni qo`llab-quvvatlashda muhim omil bo`lmoqda.

«Oltin kuz» xalqaro san`at festivali O`zbekiston davlat konservatoriyasida taniqli fortepyanochi, Ya.Vitola nomidagi Latviya musiqa akademiyasining kafedra mudiri, professor Yuris Kalnsiyemsning mahorat darsi bilan boshlandi.

Dastur davomida Shveytsariya, Fransiya, Latviyadan kelgan yosh iste`dodli solistlar Ilva Vera Eygus, Avrora Gexter, Karlis Bukovskis hamda o`zbek dirijyori Alibek Kabdurahmonov ishtirokida simfonik orkestr konserti bo`lib o`tdi.

Festival dasturi keng qamrovli. Xususan, rossiyalik Vladimir Gorbik (dirijyor), Vladimir Sverdlov-Ashkenazi (fortepyano), Igor Kalnin (skripka), isroillik Yuriy Gandelsman, AQShlik Sennet Roshell (fortepyano) kabi mashhur san`atkorlar ishtirokida mahorat darslari, yurtimiz ijodkorlari bilan birgalikda konsertlar o`tkazish rejalashtirilgan.

«O`zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida O`zbekiston milliy simfonik orkestri bilan hamkorlikda o`tkaziladigan italiyalik mashhur xonanda Toto Kutuno, taniqli italyan opera solisti Alessandro Safinaning konserti ko`pchilikda qiziqish uyg`otishi shubhasiz.

O`zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi va folklor-etnografik jamoalar tomonidan ham qator tadbirlar tashkil etiladi. Dutorchilar ansambli va “Maqom” ansambli “Turkiston” saroyida, folklor-etnografik jamoalar viloyat markazlarida konsert beradi.

O`zbek Milliy akademik drama teatri, Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatri, O`zbekiston akademik rus drama teatri, Muqimiy nomidagi o`zbek davlat musiqali teatri va O`zbekiston yoshlar teatri Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarga ijodiy safar qiladi.

«Oltin kuz» xalqaro festivali san`at muxlislari va mutaxassislariga unutilmas lahzalar hadya etadi, deb o`ylaymiz. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O`zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tashkil etilgan Oltin kuz xalqaro san`at festivali ham ana shu maqsadga xizmat qiladi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O`zbekiston madaniyati Janubiy Koreyada namoyish etildi

Koreya Respublikasining poytaxti Seul shahrida "Itaewon Global Village Festival - 2016" xalqaro madaniyat festivali bo`lib o`tdi. Unda O`zbekistonning madaniyat, san`at va sayyohlik sohasidagi salohiyati keng namoyish etildi...

22-27-noyabr kunlari Toshkentda moda haftaligi bo`lib o`tadi

Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida mazkur moda haftaligi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте