Yangilangan sana: 2016-10-19 Ko`rilgan: 505

O`zbekiston madaniyati Janubiy Koreyada namoyish etildi

Koreya Respublikasining poytaxti Seul shahrida "Itaewon Global Village Festival - 2016" xalqaro madaniyat festivali bo`lib o`tdi. Unda O`zbekistonning madaniyat, san`at va sayyohlik sohasidagi salohiyati keng namoyish etildi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda barcha sohalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilgan izchil islohotlar samarasida O`zbekiston iqtisodiyot, madaniyat, san`at, sport, sayyohlik va boshqa jabhalarda katta salohiyatga ega mamlakat sifatida dunyoga tanildi.

O`zbekiston va Janubiy Koreya xalqlari o`rtasidagi do`stlik mustahkamlanib bormoqda. Fan, ta`lim, san`at, sport, turizm kabi qator yo`nalishlardagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Ikki mamlakat san`atkorlari O`zbekiston va Janubiy Koreyada o`tkaziladigan madaniyat va san`at anjumanlarida muntazam ishtirok etmoqda.

O`zbekistonda koreys tili, madaniyati va san`ati, Janubiy Koreyada esa o`zbek tili, xalqimiz tarixi va madaniyati keng o`rganilmoqda. Mamlakatimiz oliy o`quv yurtlari Koreya Respublikasining o`ttizdan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqin hamkorlik qilib kelayotir. "O`zbekiston - Koreya" do`stlik jamiyati xalqlarimizning do`stlik rishtalari va madaniy aloqalarini mustahkamlashga munosib hissa qo`shayotir.

"Itaewon Global Village Festival - 2016" xalqaro festivalida turli mamlakatlar xalqlarining madaniyati, urf-odatlari, qadriyat va an`analari, milliy liboslari, taomlari, hunarmandlik va amaliy san`at namunalari namoyish etildi. San`atkorlar ijrosida mumtoz va zamonaviy kuy-qo`shiqlar yangradi.

O`zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi tomonidan tashkil qilingan "O`zbekiston" milliy stendi o`ziga xos dizayni, bezaklari va mazmunan boyligi bilan festival ishtirokchilari va mehmonlari e`tiborini tortdi. Unda mamlakatimiz tarixi, xalqimizning milliy an`ana va qadriyatlari aks etdi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent va boshqa shaharlarimizning diqqatga sazovor joylariga oid ma`lumotlar, xalq hunarmandligi buyumlari xorijliklarda katta qiziqish uyg`otdi. Milliy kuy-qo`shiqlarimiz va rang-barang raqslar ijrosi, serquyosh zaminimizda yetishtirilgan sarxil mevalar hamda o`zbek milliy taomlari barchaga manzur bo`ldi.

"Itaewon Global Village Festival - 2016" xalqaro festivali jahon jamoatchiligini mamlakatimiz san`at, madaniyat, sayyohlik sohasi imkoniyatlari bilan keng tanishtirish, ikki va ko`p tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, do`stona rishtalarni yanada mustahkamlash imkonini berdi. (O`zА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Koreya Respublikasining poytaxti Seul shahrida Itaewon Global Village Festival - 2016 xalqaro madaniyat festivali bo`lib o`tdi. Unda O`zbekistonning madaniyat, san`at va sayyohlik sohasidagi salohiyati keng namoyish etildi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

YXHT vakillari bilan uchrashuv

Joriy yilning 12 oktyabr kuni O`zbekiston matbuot va axborot agentligi va YXHTning saylov bo`yicha Departament mudiri Aleksandr Shlik boshchiligidagi delegatsiya vakillari...

Oltin kuz xalqaro san`at festivali boshlandi

O`zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tashkil etilgan Oltin kuz xalqaro san`at festivali ham ana shu maqsadga xizmat qiladi...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте