Yangilangan sana: 2016-10-13 Ko`rilgan: 513

YXHT vakillari bilan uchrashuv

Joriy yilning 12 oktyabr kuni O`zbekiston matbuot va axborot agentligi va YXHTning saylov bo`yicha Departament mudiri Aleksandr Shlik boshchiligidagi delegatsiya vakillari o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda O`zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi, axborot almashuvi, matbuot, noshirlik va matbaachilik sohalarida davlat siyosatini ishlab chiqish va bajarish masalalari muhokama etildi.

Suhbat davomida mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalarining soni 395 tadan 1472gacha ko`paygani qayd etildi.

Ekspertlarning kelishidan maqsadlarini bildirish barobarida O`zbekistonda saylov jarayonini yaxshilash va ommaviy axborot vositalarida yoritish bo`yicha YXHTning tavsiyalarini bajarilishiga qiziqish bildirishdi.

Shuningdek, delegatsiya vakillari ommaviy axborot vositalarini O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiya qilish va saylov jarayonining yoritilishini monitoring qilish masalalariga to`xtab o`tdilar.

O`tgan davr davomida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga bag`ishlangan 3000dan ziyod materiallar e`lon qilingani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida ekspertlar va Agentlik vakillari O`zbekiston va YXHT har qanday hamkorlik muhim ekanligini, sohada xalqaro talab va standartlarga mos qonunchilik bazasi yaratilganini hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining saylovi talab darajasida o`tkazilishini qayd etishdilar.

Suhbat davomida ekspertlar o`zlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. (O`zbekiston matbuot va axborot agentligi)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Joriy yilning 12 oktyabr kuni O`zbekiston matbuot va axborot agentligi va YXHTning saylov bo`yicha Departament mudiri Aleksandr Shlik boshchiligidagi delegatsiya vakillari

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi sentyabr 2016

Bugun 2016 yilning sentyabr oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

O`zbekiston madaniyati Janubiy Koreyada namoyish etildi

Koreya Respublikasining poytaxti Seul shahrida "Itaewon Global Village Festival - 2016" xalqaro madaniyat festivali bo`lib o`tdi. Unda O`zbekistonning madaniyat, san`at va sayyohlik sohasidagi salohiyati keng namoyish etildi...

Mashhur yangiliklar

2013-04-30 Quvnoq startlar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте