Yangilangan sana: 2016-09-25 Ko`rilgan: 528

Yuqori texnologiyali mahsulot va xizmatlar namoyish etilmoqda

Poytaxtimizdagi "Ko`rgazma savdo markazi"da axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida o`tkazilayotgan "ICTExpo-2016" axborot texnologiyalari ko`rgazmasi ochildi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo`mitasi raisi I.Abdullayev, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o`rinbosari A.Fayzullayev va boshqalar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini hayotga tatbiq etish va rivojlantirish aholi farovonligini yuksaltirish, iqtisodiyot tarmoqlari raqobatbardoshligini yanada mustahkamlash, davlat boshqaruvi organlari va fuqarolar o`rtasida o`zaro hamkorlikni soddalashtirishning muhim omili ekanini ta`kidladi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2013-yil 27-iyundagi “O`zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini jadal rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

ICTExpo – 2016 Toshkentda

Ko`rgazmalarda mamlakatimiz va xorijdagi 150 dan ortiq kompaniya, vazirlik va idoralar, bank va muassasalarning yuqori texnologiyali mahsulot va xizmatlari namoyish etilmoqda. Bu yerda mobil aloqa, internet, raqamli televideniye, softver industriya, dasturiy ta`minot bo`yicha eng yangi ishlanma va takliflar bilan tanishish imkoniyati mavjud. Ko`rgazmada “Elektron hukumat” tizimida amalga oshirilgan loyihalarning eng yaxshi namunalari, mamlakatimiz dasturiy mahsulot bozoridagi mahsulotlar namoyishiga alohida e`tibor qaratilgan.

“ICTExpo - 2016” ko`rgazmasi mamlakatimiz axborot bozorini yanada rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirish hamda yangi mustahkam ishbilarmonlik aloqalarini yo`lga qo`yishga xizmat qiladi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Poytaxtimizdagi Ko`rgazma savdo markazida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida o`tkazilayotgan ICTExpo-2016 axborot texnologiyalari ko`rgazmasi ochildi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi avgust 2016

Bugun 2016 yilning avgust oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

Qadrli ustoz va murabbiylar!

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning O`zbekiston o`qituvchi va murabbiylariga tabrigi...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте