Yangilangan sana: 2016-09-09 Ko`rilgan: 454

Qurbon hayitini nishonlash to`g`risida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.

Muborak Qurbon hayitining ma’naviy hayotimizdagi o‘rni, mohiyati va ahamiyatini, xalqimizga mansub mehr-oqibat, shukronalik va bag`rikenglik ramzi ekanini e`tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrash va ulug`lash maqsadida hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Diniy bayram - Qurbon hayitini dam olish kuni deb e`lon qilish haqida”gi 1991-yil 20-iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq:

1.O`zbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 12-sentabr dushanba kuniga to`g`ri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2016-yil 12-sentabr mamlakatimizda dam olish kuni deb belgilansin va bayram sifatida keng nishonlansin.

2.Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamg`armalari va boshqa barcha mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o`tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.

3.O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Qurbon hayitini nishonlash bilan bog`liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.


O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
vazifasini bajaruvchi Sh.Mirziyoyev

Toshkent shahri, 2016-yil 9-sentabr.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axboroti

Yuragimizda chuqur qayg`u bilan barchamiz uchun qadrli bo`lgan Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov vafot etganini ma`lum qilamiz

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi avgust 2016

Bugun 2016 yilning avgust oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте