Yangilangan sana: 2016-09-02 Ko`rilgan: 526

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axboroti

Aziz vatandoshlar,

Yuragimizda chuqur qayg`u bilan barchamiz uchun qadrli bo`lgan Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov vafot etganini ma`lum qilamiz. Islom Abdug`aniyevich 2016-yil 2-sentabrda Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan o`zgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining o`tkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi.

Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haqiqatan buyuk tarixiy shaxs edi. Islom Karimovning qat`iyati va jasorati bilan respublikamiz mustaqillikka erishdi va o`z taraqqiyot yo`lida ulkan muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritdi. Yosh davlatimiz uchun g`oyat murakkab va mas`uliyatli davrda vaziyat beqarorlashuvining oldi olingani va xalqimizning urush dahshatlarini ko`rmasdan eson-omon o`tishi bevosita Islom Karimov nomi bilan bog`liq.

Xalqimizning cheksiz muhabbatini qozongan, mustaqil mamlakatimizning Birinchi Yo`lboshchisi Islom Abdug`aniyevich Karimov qalblarimizda abadiy qoladi va kelajak avlodlar xotirasida tinchlik, barqarorlik, farovonlik va taraqqiyot rahnamosi, buyuk davlat arbobi sifatida mangu yashaydi.

Barchamiz uchun qadrli bo`lgan Prezidentimizning vasiyatiga ko`ra, Islom Karimov shu yil 3-sentabrda ota-onasi mangu qo`nim topgan ona shahri Samarqandda musulmon urf-odatlariga binoan dafn etiladi.

O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti bilan vidolashuv marosimi 2016-yil 3-sentabrda Samarqand shahrida bo`lib o`tadi.

Biz barchamiz uchun o`ta og`ir judolik munosabati bilan marhumning oila a`zolari va butun O`zbekiston xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz.

 

O`zbekiston Respublikasi                                         O`zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi                                                               Vazirlar Mahkamasi

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Yuragimizda chuqur qayg`u bilan barchamiz uchun qadrli bo`lgan Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov vafot etganini ma`lum qilamiz

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi nishonlanishi munosabati bilan dam olish kunini ko`chirish to`g`risida

O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi nishonlanishi munosabati bilan dam olish kunini ko`chirish to`g`risida

Qurbon hayitini nishonlash to`g`risida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте