Yangilangan sana: 2010-12-27 Ko`rilgan: 975

“Bolalik shaharchasi”dagi shodiyonalar

      Poytaxtimizdagi Mustaqillik maydonida Yangi yil bayrami shodiyonalari boshlandi.

      Bu yerda barpo etilgan “Bolalik shaharchasi” qalbi orzularga to‘la bolajonlar, poytaxtlik va mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan hamyurtlarimiz, shuningdek, xorijlik mehmonlar bilan gavjum. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta’limi vazirliklari, Toshkent shahar hokimligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, “O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi kabi tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu bayram tantanalari barchada katta qiziqish va taassurot uyg‘otmoqda.

      Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar negizida yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ma’naviyatini yuksaltirish va salomatligini mustahkamlash, bir so‘z bilan aytganda, har jihatdan barkamol insonlarni voyaga yetkazish maqsadi mujassam. Poyoniga yetib borayotgan Barkamol avlod yilida bu yo‘nalishdagi ezgu ishlar ko‘lami yanada kengaydi.

      Vatanimizning yuragi bo‘lgan Mustaqillik maydoni shu kunlarda har qachongidan gavjum. Maydonda rang-barang o‘yinchoqlar va turfa chiroqlar bilan bezatilgan mahobatli archa nainki kichkintoylar, balki barcha insonlarning quvonchiga quvonch, zavqiga zavq qo‘shmoqda. Bu “Sovplastital” qo‘shma korxonasining jajji bolajonlar uchun tayyorlagan o‘ziga xos bayram tuhfasidir.

      Maydonda barpo etilgan “Bolalik shaharchasi“dagi ertaknamo muhit har bir kishini bolalikning beg‘ubor damlariga qaytarishi, ko‘ngillarga zavqli tuyg‘ularni endirishi shubhasiz. Bolalikning samimiy, pokiza xotiralarini yodga soluvchi Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlari, ayiqchayu bo‘rivoy, Shum bola, Zumrad va Qimmat bayram tadbirlariga zavq, o‘zgacha xush kayfiyat, alohida ko‘tarinkilik baxsh etayotir. Bayram ruhiga mos tarzda barpo etilgan mo‘jaz rasta va do‘konlardan kichkintoylar uchun turli o‘yinchoqlar, shirinliklar, badiiy kitoblar, maktab anjomlari va boshqa mahsulotlardan iborat sovg‘alar xarid qilish mumkin.

      O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligidan ma’lum qilishlaricha, bolajonlarning qishki ta’til kunlarida bu yerda har kuni poytaxtimizdagi teatr jamoalari, estrada va sirk san’ati yulduzlari ishtirokida Yangi yil ayyomiga bag‘ishlab maxsus teatrlashtirilgan sahna tomoshalari, “Nihol” mukofoti sovrindorlari, respublika va xalqaro festival, ko‘rik-tanlovlarda g‘olib bo‘lgan xonandalar ijrosida konsertlar, musiqiy dasturlar namoyish etiladi.

      – Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2010 yilda akademik litseyimizning kapital rekonstruksiya qilingan va zamonaviy musiqa cholg‘u asboblari bilan jihozlangan yangi o‘quv binosi foydalanishi topshirilishi biz uchun ulkan tuhfa bo‘ldi, – deydi V.Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Dildora Jamolova. – Kirib kelayotgan yangi yilda ham o‘quvchilarimiz turli xorijiy mamlakatlarda bo‘lib o‘tadigan xalqaro festival va ko‘rik-tanlovlar, konsertlar va san’at anjumanlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Yurtboshimiz va xalqimizning yuksak ishonchini oqlashga harakat qiladilar.

      – Yakunlanayotgan yil ham yurtimiz uchun barqaror yuksalish va taraqqiyot davri bo‘ldi, – deydi qoraqalpog‘istonlik hunarmand Oyzoda Nurimbetova. – Yurtboshimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning bunday yuksak samaralari har bir yurtdoshimizning tinch va farovon hayotida o‘z ifodasini topayotir. Kirib kelayotgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yilida tadbirkorlik yanada rivojlanishi va ko‘plab ish o‘rinlari yaratilishi shubhasiz. Bu esa el-yurtimiz ravnaqiga xizmat qiladi, yorug‘ va saodatli kunlarimizga bo‘lgan shukronalikni, kelajakka qat’iy ishonchimizni oshiradi.

(O'zA)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

“Bolalik shaharchasi”dagi shodiyonalar

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Yong‘in xavfsizligi oyligi samaralari

      Qish mavsumida yong'in holatlari nisbatan ko'p sodir bo'lishi barchaga ma'lum. Ko'pincha isitish moslamalaridan noto'g'ri foydalanish, yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik, bolalarni qarovsiz qoldirish, shuningdek, Yangi yil bayrami arafasida turli xil pirotexnika vositalaridan foydalanish oqibatida yuzaga keladigan bunday noxush holatlarning oldini olishda mamlakatimizda har yili an'anaviy o'tkazib kelinayotgan Yong'in xavfsizligi oyligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” VI Milliy mukofoti

      O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi bilan hamkorlikda milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, OAV xodimlari fuqarolik pozitsiyalarini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish hamda jurnalistlarda tanqidiy fikrlashni va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni shakllantirish maqsadida "Oltin qalam" VI Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni o'tkazadi.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте