Yangilangan sana: 2016-06-17 Ko`rilgan: 530

Yoshlar mahorat oshirmoqda

Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatrida xorijlik mutaxassislar ishtirokida mahorat saboqlari o`tkazilmoqda.

Teatrda ko`plab xorijiy mamlakatlarning opera va balet teatrlari bilan hamkorlik yo`lga qo`yilgan. Italiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Venesuela kabi davlatlarning dirijyor, rejissyor va xoreograflari bilan birgalikda sahna asarlari qo`yilgan.

Shu kunlarda mazkur teatrda Italiya hamda Rossiyadan kelgan opera va balet ijrochilari ishtirokida mahorat saboqlari o`tkazilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mazkur loyihaga yosh opera xonandalari, O`zbekiston davlat konservatoriyasining talabalari, balet ijrochilari keng jalb etilgan.

San`atning murakkab va jozibador janri bo`lgan opera asar g`oyasini tinglovchiga yetkaza bilish bilan birga ohanglar avji, ijro texnikasi, mukammal talaffuz, yuksak aktyorlik mahoratini talab etadi. Italiyalik opera xonandasi Renato Bruzon (bariton) ishtirokida tashkil etilgan mahorat saboqlarida shu jihatlarga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Tadbirda yosh san`atkorlarimiz jahon klassik asarlaridan namunalar ijro etmoqda.

Mamlakatimizda balet san`ati ham rivojlanib bormoqda. Ushbu nafis san`at turi bo`yicha o`tkazilayotgan mashg`ulotlar qizg`in, o`zaro fikr va tajriba almashish ruhida, erkin va ijodiy kayfiyatda kechmoqda. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatrida xorijlik mutaxassislar ishtirokida mahorat saboqlari o`tkazilmoqda

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Onalik, oila va bolalik - davlat muhofazasida

Toshkent davlat yuridik universitetida "O`zbekistonda oila, onalik va bolalikni muhofaza qilishning konseptual masalalari" mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo`lib o`tdi...

Shanxay hamkorlik tashkilotining Toshkent sammiti

2016-yil 23-24-iyun kunlari Ko`ksaroyda Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo`ldi.

Mashhur yangiliklar

2017-03-31 Seminar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте