Yangilangan sana: 2016-06-08 Ko`rilgan: 556

Onalik, oila va bolalik - davlat muhofazasida

Tadbirda senatorlar, deputatlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas`ul xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Ye.Kanyazov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida istiqlolning ilk yillaridan oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanganini ta`kidladi.

Oilaning tinchligi jamiyat va davlatning barqarorligi, onalik va bolalik avlodlar bardavomligining muhim omilidir. Mustaqillik tufayli ular yangicha ma`no-mazmun kasb etdi. Bunda oila, onalik va bolalikni muhofaza qilishning huquqiy asoslarini yaratish, onalar va bolalar huquqlarini kafolatlash, oilalar barqarorligini ta`minlashga erishishga alohida e`tibor qaratildi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida qayd etilganidek, oila jamiyatning asosiy bo`g`inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo`lish huquqiga ega. 65-moddada onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi belgilab qo`yilgan.

“O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to`g`risida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari to`g`risida”gi qonunlarning qabul qilingani, “Sog`lom avlod uchun” ordeni ta`sis etilgani, BMTning “Bola huquqlari to`g`risida”gi konvensiyasi ratifikatsiya qilingani ham oila, onalik va bolalik muhofazasini yanada kuchaytirdi.

Konferensiyada “Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturida ko`zda tutilgan vazifalar va ularning ijrosiga alohida e`tibor qaratildi. Oila, onalik va bolalikni himoya qilish bo`yicha shakllangan huquqiy-me`yoriy bazani takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo`mitasi raisi E.Bositxonova so`zga chiqdi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Toshkent davlat yuridik universitetida

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Urganch shahrida Kitob olami ma`rifiy majmuasi ochildi

Bugun Xorazm viloyatining Urganch shahrida O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Xorazm viloyat hokimligi hamda Toshkent shahridagi "Kitob olami"...

Yoshlar mahorat oshirmoqda

Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatrida xorijlik mutaxassislar ishtirokida mahorat saboqlari o`tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте