Yangilangan sana: 2016-06-01 Ko`rilgan: 629

Urganch shahrida Kitob olami ma`rifiy majmuasi ochildi

Bugun Xorazm viloyatining Urganch shahrida O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Xorazm viloyat hokimligi hamda Toshkent shahridagi «Kitob olami» ma`naviy ma`rifiy savdo majmuasi hamkorligida yana bir «Kitob olami» ma`naviy-ma`rifiy savdo majmuasi o`z faoliyatini boshladi.

Savdo majmuasini Xorazm viloyati hokimi R. Bobojonov va O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori A. Yunusovlar ochib berishdi.

Ushbu madaniyat va ma`rifat maskaning tantanali ochilish marosimi, tabrik qutlovlar bilan birga Xorazm vohasining o`ziga xos qo`shiqchilik va raqs san`ati vakillarining diltortar chiqishlari hamohanligida davom ettirildi.

Ushbu madaniy-ma`rifiy tardbirda qalbida ma`rifat ziyosi nur taratib turgan, 2000 dan ortiq turli yoshdagi va kasb-korga ega kitobsevarlar ishtirok etishdi.

Ma`rifat maskani tashkilotchilari tomonidan yurtimiz istiqlolining shonli 25 yilligiga tuhfa qilingan yangi «Kitob olami» majmuasi kitob javonlarida 2 000 dan ortiq nomdagi, jami 25 000 dona kitob va boshqa matbaa mahsulotlari sotuvi yo`lga qo`yildi.

Xorazm «Kitob olami» savdo majmuasining jami maydoni 550 kv. m ni tashkil etib u yerda ham ayni majmuaning boshqa tarmoqlarida bo`lgani kabi bolalar uchun mo`ljallangan maydoncha va «Book Cafe» faoliyat yuritadi.

Eng muhimi, Xorazm viloyati aholisi ham yangi «Kitob olami» savdo majmusidan xarid qiladigan barcha nashrlarni Toshkent shahridagi narxlar asosida sotib olishlari ta`minlangan.

Ilgari xabar qilganimizdek, 2015 yilning 2 noyabrida Toshkent shahrida, 2016 yilning 27 aprelida Nukus shahrida, 21 may kuni Namangan va Farg`ona shaharlarida, 22 may kuni Andijon shahrida, 28 may kuni Samarqand shahrida «Kitob olami» majmualari ochilgan edi.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Bugun Xorazm viloyatining Urganch shahrida O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Xorazm viloyat hokimligi hamda Toshkent shahridagi Kitob olami

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi aprel 2016

Bugun 2016 yilning aprel oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

Onalik, oila va bolalik - davlat muhofazasida

Toshkent davlat yuridik universitetida "O`zbekistonda oila, onalik va bolalikni muhofaza qilishning konseptual masalalari" mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo`lib o`tdi...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте