Yangilangan sana: 2010-12-15 Ko`rilgan: 1600

Yong‘in xavfsizligi oyligi samaralari

      Qish mavsumida yong'in holatlari nisbatan ko'p sodir bo'lishi barchaga ma'lum. Ko'pincha isitish moslamalaridan noto'g'ri foydalanish, yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik, bolalarni qarovsiz qoldirish, shuningdek, Yangi yil bayrami arafasida turli xil pirotexnika vositalaridan foydalanish oqibatida yuzaga keladigan bunday noxush holatlarning oldini olishda mamlakatimizda har yili an'anaviy o'tkazib kelinayotgan Yong'in xavfsizligi oyligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

      O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 4 noyabrdagi farmoyishiga asosan shu yilning 15 noyabridan 15 dekabriga qadar o'tkazilgan Yong'in xavfsizligi oyligi Navoiy viloyatida ham yaxshi samara berdi.

      - Oylik davomida qator xo'jalik yurituvchi subyektlarda, ta'lim muassasalarida, mahallalarda yong'in xavfsizligi qoidalarini targ'ib qilishga alohida e'tibor qaratdik, - deydi Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi yong'in xavfsizligi boshqarmasi boshlig'i Ixtiyor Haqberdiyev. - Yangi yil bayrami arafasida turli pirotexnika vositalarining sotilishi va tarqalishining oldini olish bo'yicha ham zarur chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

      Boshqarma ma'lumotlariga ko'ra, hozirgacha joylarda 600 ga yaqin tekshiruv va reydlar o'tkazilgan. Korxona va tashkilotlarda, o'quv maskanlarida 253 yong'in xavfsizligi burchagi tashkil etildi. Yong'in xavfsizligi shartlariga bee'tibor qaragan 64 rahbar va mas'ul xodim ma'muriy javobgarlikka tortildi. Yong'inning oldini olish bo'yicha tegishli choralar ko'rilmagan 42 korxona, sex va omborxonalardan foydalanish vaqtincha to'xtatildi hamda 551 nosoz elektr moslamasi, agregat va elektr tarmog'idan foydalanish ta'qiqlandi. Viloyatdagi ommaviy axborot vositalari orqali ushbu mavzu izchil yoritib borildi.

      Viloyatda yong'inlar soni o'tgan yilga qaraganda birmuncha kamaygan bo'lsa-da, fuqarolarning loqaydligi tufayli sodir etilayotgan ko'ngilsiz voqealar hamon uchrab turibdi. 2010 yilning o'n oyi davomida viloyatda 282 yong'in hodisasi qayd etildi. Yong'inlar asosan aholi xonadonlarida gaz, elektr va isitish uskunalaridan to'g'ri foydalanmaslik, bolalarga beparvo munosabatda bo'lish oqibatida kelib chiqqan.

      Yong'in xavfsizligi oyligi yakunlandi Lekin bu boradagi ishlar izchil davom etmoqda Ayniqsa, orziqib kutayotganimiz - Yangi yil bayramini osoyishta, tinch va xotirjam, xursandchilik bilan o'tkazish uchun har birimiz yong'in xavfsizligi qoidalariga qt'iy rioya qilishimiz, farzandlarimizni turli paqildoq va qarsildoqlardan asrashimiz, qisqacha aytganda, yanada hushyor bo'lmog'imiz lozim.

(O'zA)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Yong‘in xavfsizligi oyligi samaralari

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Bolalikning beg‘ubor quvonchlari

      O'zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko'rgazmalar zalida "Toshkent quvonchlari" uchinchi xalqaro bolalar rasmlari biyennalesi boshlandi.

      "Barkamol avlod yili" Davlat dasturi doirasida o'tkazilayotgan ushbu xalqaro ko'rgazma O'zbekiston Badiiy akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, "O'zbekiston madaniyati va san'ati forumi", "Mehr nuri" jamg'armalari, "Kelajak ovozi" yoshlar tashabbuslari markazi, YUNISEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etildi.

“Bolalik shaharchasi”dagi shodiyonalar

      Poytaxtimizdagi Mustaqillik maydonida Yangi yil bayrami shodiyonalari boshlandi.

      Bu yerda barpo etilgan “Bolalik shaharchasi” qalbi orzularga to‘la bolajonlar, poytaxtlik va mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan hamyurtlarimiz, shuningdek, xorijlik mehmonlar bilan gavjum. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta’limi vazirliklari, Toshkent shahar hokimligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, “O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi kabi tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu bayram tantanalari barchada katta qiziqish va taassurot uyg‘otmoqda.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте