Yangilangan sana: 2016-04-25 Ko`rilgan: 542

Kitobning sehrli dunyosi

Tomda yashaydigan quvnoq Karlson haqidagi asarni yoki multfilmni sevib tomosha qilmaydigan bola topilmasa kerak. Uning muallifi Astrid Lindgren bir quchoq kitob bilan shoshib ketayotgan chog`i, tanishlaridan biri so`rabdi:

- Yo`l bo`lsin. Shoshilib qayerga ketyapsiz?

Nafasini biroz rostlagan yozuvchi qo`li bilan to`g`riga ishora qilibdi.

- Ana u yerda bir to`da bolalar to`planib turibdi. Ularning kitobi bormikan?

Фото писательницы Астрид Лингрен - Малыш и Карлсон, который живёт на крыше

Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 219-umumta`lim maktabidagi «Bir bolaga uch kitob» aksiyasini kuzatar ekanman, beixtiyor yuqoridagi voqyea yodimga tushdi.

Maktab kutubxonachisi Dilfuza Botirjonova ota-onalar bilan hamkorlikda tashkil etgan anjuman kutilganidan ham ziyoda o`tdi. Har tanaffus chog`i o`quvchilarning turli-tuman kitoblar jamlangan peshtaxtalar atrofini bolaridek o`rab olib, kitob tanlayotganlarini kuzatish nihoyatda maroqli edi. Yana bir ahamiyatli tomoni tadbir doirasida O`zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To`xtaboyev bilan ham ijodiy uchrashuv o`tkazilishi anjumanga o`zgacha zavq bag`ishladi.

Eng asosiysi esa o`sha kuni ko`plab o`quvchilar o`zlari uchun qadrli bo`lgan kitoblarga ega bo`ldilar.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 219-umumta`lim maktabidagi Bir bolaga uch kitob aksiyasini kuzatar ekanman

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O`zbek tilining imlo lug`ati

Bu lug`at lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish bo`yicha respublika davlat komissiyasining topshirig`i bilan alifbo va imlo qoidalariga mos holda tuzilgan.

Nashriyotda elektron hujjat almashish tizimini joriy qilish

O`qituvchi nashriyotida elektron hujjat almashish tizimini joriy qilish bo`yicha tanlov e`lon qilinadi.

Mashhur yangiliklar

2017-03-31 Seminar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте