Yangilangan sana: 2010-11-29 Ko`rilgan: 1062

Bolalikning beg‘ubor quvonchlari

      O'zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko'rgazmalar zalida "Toshkent quvonchlari" uchinchi xalqaro bolalar rasmlari biyennalesi boshlandi.

      "Barkamol avlod yili" Davlat dasturi doirasida o'tkazilayotgan ushbu xalqaro ko'rgazma O'zbekiston Badiiy akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, "O'zbekiston madaniyati va san'ati forumi", "Mehr nuri" jamg'armalari, "Kelajak ovozi" yoshlar tashabbuslari markazi, YUNISEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etildi.

      O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisining o'rinbosari R.Mirtojiyev, O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining o'rinbosari A.Xolbekov mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodga chuqur ta'lim va mukammal tarbiya berishning puxta tizimi shakllantirilganini alohida ta'kidladi. Bu jarayonda bolalar iste'dodini o'z vaqtida aniqlash va har tomonlama qo'llab-quvvatlash alohida ahamiyatga ega.

      Yurtimizda an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan ushbu biyennale yosh iqtidorlarning badiiy salohiyatini qo'llab-quvvatlash, ularni xorijdagi tengdoshlari ijodi bilan yaqindan tanishtirish, yurtimizdagi tasviriy san'at ta'limini yanada rivojlantirish, maktabgacha va maktab yoshidagi o'g'il-qizlarning ijodiy-intellektual o'sishiga yaqindan ko'maklashishdek ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Ayni paytda mazkur xalqaro ko'rgazma turli mamlakatlar bolalarining O'zbekiston, uning so'lim tabiati, Toshkent shahri haqidagi bilim va tasavvurlarini ham boyitadi.

      Mazkur biyennaleda besh yoshdan o'n besh yoshgacha bo'lgan bolalar o'z ijodiy ishlari bilan ishtirok etmoqda. E'tiborlisi, ular orasida yurtimizdagi maktabgacha ta'lim va umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari bilan birga, jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar, maxsus maktab-internatlar, moslashtirilgan ta'lim muassasalari vakillari, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari ham bor.

      Xalqaro ko'rgazmada AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indoneziya, Isroil, Ispaniya, Italiya, Janubiy Koreya, Latviya, Misr, Ozarboyjon, Pokiston, Rossiya, Polsha, Singapur, Turkmaniston, Xitoy, Shveysariya kabi qirqdan ziyod mamlakat bolalarining uch yarim mingdan ortiq rasmlari tomoshabinlar e'tiboriga havola etilgan.

      - Men Toshkentda o'tkazilayotgan bunday xalqaro biyennaleda birinchi marta qatnashyapman, - deydi rossiyalik Katya Kolesnikova. - O'zbekiston haqida kitoblarda ko'p o'qigandim. Serquyosh yurtingiz samimiy va mehribon odamlari, go'zal tabiati, chiroyli bog'lari bilan meni o'ziga butunlay maftun etdi. O'zbekiston haqida turkum rasmlar chizishni niyat qildim. Xalqaro bolalar rasmlari biyennalesi 3 dekabrgacha davom etadi.

(O'zA)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Bolalikning beg‘ubor quvonchlari

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

"O'qituvchi" NMIU rus tilida "ВНЕКЛАССНОЕ ЧТЕНИЕ" (Sinfdan tashqari o'qish) seriyasining uchinchi kitobini nashr qildi

      Boshlang’ich sinflar soniga ko’ra 4ta kitob nashr etildi. Ushbu nashr bolalar adabiyoti turkumiga mansubdir.

      Har bir kitobda xrestomatik xarakterdagi asarlar, shuningdek, uncha mashhur bo‘lmagan, ammo badiiy qimmatini yo‘qotmagan bolalar adabiyoti asarlari to‘plami jamlangan. To‘plamlar muallifi o‘quvchilar bilishi lozim bo‘lgan ammo ayni paytda boshlang‘ich sinf o‘qish kitoblarida kiritilmagan ko‘plab mashhur asarlar o‘rnini to‘ldirishga harakat qilgan.

Yong‘in xavfsizligi oyligi samaralari

      Qish mavsumida yong'in holatlari nisbatan ko'p sodir bo'lishi barchaga ma'lum. Ko'pincha isitish moslamalaridan noto'g'ri foydalanish, yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik, bolalarni qarovsiz qoldirish, shuningdek, Yangi yil bayrami arafasida turli xil pirotexnika vositalaridan foydalanish oqibatida yuzaga keladigan bunday noxush holatlarning oldini olishda mamlakatimizda har yili an'anaviy o'tkazib kelinayotgan Yong'in xavfsizligi oyligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте