Yangilangan sana: 2015-09-30 Ko`rilgan: 696

O`zbekiston o`qituvchi va murabbiylariga

Qadrli ustoz va murabbiylar! Avvalambor, siz, azizlarni umumxalq bayrami - O`qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o`zimning chuqur hurmat-ehtiromim va samimiy tilaklarimni izhor etaman.

Bu dunyoda har qaysi ongli inson - qayerda ishlamasin, qanday kasbu kor, lavozim egasi bo`lmasin, unga bilim va tarbiya berib, hayotga yo`llagan muhtaram o`qituvchi va murabbiylari oldida hamisha qarzdorlik hissi bilan yashaydi.

Haqiqatan ham, o`zining ko`z nuri, qalb qo`ri, butun borlig`ini bag`ishlab, barchamizga ezgulikdan saboq bergan, otadek mo`tabar, onadek mehribon siz, aziz ustozlarning hech narsa bilan o`lchab, baholab bo`lmaydigan mashaqqatli va sharafli mehnatingiz uchun har qancha tahsin va tashakkurlar aytsak, arziydi...

Azizlarim, qadrdonlarim! Bugun mana shu hal qiluvchi vazifalarni chuqur anglagan, ularni amalga oshirish uchun jonbozlik ko`rsatib mehnat qilayotgan, chinakam fidoyi muallimlar, o`qituvchi va domlalar safi tobora kengayib borayotgani ertangi kunga bo`lgan ishonchimizni yanada mustahkamlaydi.

Shular haqida gapirganda, bir fikrni mamnuniyat bilan ta`kidlashni istardim: mustaqillik yillarida samarali mehnati va ibratli faoliyati uchun davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan vatandoshlarimiz orasida o`qituvchi va murabbiylar soni ko`pchilikni tashkil etishi, hech shubhasiz, el-yurtimizning siz, azizlarga bo`lgan yuksak hurmat va e`tiborining amaliy ifodasidir.

Sizlarning mas`uliyatli xizmatingizni munosib qadrlash, faoliyatingizni yangi bosqichlarga ko`tarish uchun zarur sharoitlarni yaratish masalasi bundan buyon ham davlatimiz va jamiyatimizning doimiy e`tibor markazida bo`ladi, deb siz, azizlarni ishontirib aytishga bugun to`liq asoslarimiz bor.

Barchangizni qutlug` ayyom - O`qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklab, sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, baxtu saodat, ezgu ishlaringizda yangidan-yangi yutuq va omadlar tilayman.

Doimo sog`-omon bo`ling, umringizdan baraka toping, mehribon ustozlar!

Islom Karimov, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Avvalambor, siz, azizlarni umumxalq bayrami - O`qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o`zimning chuqur hurmat-ehtiromim va samimiy tilaklarimni izhor etaman

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O`zbekistonda Qurbon hayiti keng nishonlanmoqda

Mamlakatimizda ezgulik, saxovat, mehr-oqibat, qanoat va shukronalik ayyomi - muborak Qurbon hayiti keng nishonlanmoqda.

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi sentyabr 2015

Bugun 2015 yilning sentyabr oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте