Yangilangan sana: 2015-09-15 Ko`rilgan: 652

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yutuqlari namoyishi

Ko`rgazmaning ochilish marosimida O`zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X.Mirzohidov va boshqalar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilayotgani, jumladan, “Elektron hukumat” tizimi rivojlantirilayotgani mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirishning muhim omili ekanini ta`kidladi.

Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan sohani rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e`tibor mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish imkonini bermoqda. Bu borada shakllantirilgan qonunchilik bazasi ishlab chiqaruvchilar huquq va manfaatlarini har tomonlama qo`llab-quvvatlashga ko`maklashmoqda. Davlatimiz rahbarining 2013-yil 27-iyundagi “O`zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bunda muhim dasturilamal bo`lib xizmat qilayotir.

Bu yil «ICTExpo – 2015» milliy ko`rgazmasi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialida ham o`tkazilmoqda. Videoko`prik tarzida tashkil etilgan tadbir ko`rgazmaga tashrif buyuruvchilarga har ikki ko`rgazma eksponatlari bilan tanishish imkonini berdi.

O`zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining yetakchi korxonalari, dasturiy ta`minot kompaniyalari, provayderlar, AKT sohasi uchun uskunalar va zamonaviy yechimlarni yetkazib beruvchi korxonalar, jumladan, Janubiy Koreyaning jahonga mashhur «LG CNS» kompaniyasi, Yaponiyaning «NEC» korporatsiyasi va boshqalar qiziqarli stend va bo`limlarni namoyish qilmoqda. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Ko`rgazmaning ochilish marosimida O`zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X.Mirzohidov va boshqalar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi avgust 2015

Bugun 2015 yilning avgust oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

O`zbekistonda Qurbon hayiti keng nishonlanmoqda

Mamlakatimizda ezgulik, saxovat, mehr-oqibat, qanoat va shukronalik ayyomi - muborak Qurbon hayiti keng nishonlanmoqda.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте