Yangilangan sana: 2015-08-21 Ko`rilgan: 2606

E`tibor va rag`batdan munavvar ko`ngillar

Poytaxtimizning G`afur G`ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida Vatanimiz mustaqilligining 24-yilligiga bag`ishlab xalq badiiy hunarmandligi va amaliy san`ati mahsulotlari ko`rgazmasi tashkil etildi.

O`zbekiston Nogironlar jamiyati, “Hunarmand” uyushmasi, Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ko`rgazmada yurtimizning barcha hududidan kelgan jismoniy imkoniyati cheklangan usta-hunarmandlar yigirma besh yo`nalishda hunarmandlik mahsulotlarini namoyish etmoqda.

E`tibor va rag`batdan munavvar ko`ngillar

O`zbekiston Nogironlar jamiyati raisi K.Abdullayev, “Hunarmand” uyushmasi raisi o`rinbosari A.Rahmatullayev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida inson qadr-qimmatini ulug`lash va uni ijtimoiy himoyalash davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biriga aylanganini ta`kidladi. Jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarning ta`lim olishi, salomatligini mustahkamlashi va erkin ijod qilishi uchun yetarli sharoit yaratish yo`lidagi ishlar buning ifodasidir.

«O`zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to`g`risida»gi qonunning hayotga izchil tatbiq etilishi imkoniyati cheklangan insonlarning sog`lig`ini tiklash, ish bilan ta`minlash, qonunda belgilangan barcha turdagi imtiyozlardan foydalanishi borasidagi ishlar ko`lami kengayishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ko`rgazmada yog`och o`ymakorligi, tikuvchilik, to`quvchilik, matoga naqsh bosish, kulolchilik, qo`g`irchoqsozlik, duradgorlik, zargarlik, miniatyura san`ati mahsulotlari amaliy san`at ixlosmandlariga havola etilmoqda.

Tadbir doirasida jismoniy imkoniyati cheklangan faol hunarmandlar tashkilotchilar tomonidan munosib rag`batlantirildi.

Badiiy, folklor-etnografik jamoalari Vatanni madh etuvchi kuy-qo`shiqlari, jozibali raqslari bilan tadbirga o`zgacha shukuh baxsh etdi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Poytaxtimizning G`afur G`ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida Vatanimiz mustaqilligining 24-yilligiga bag`ishlab xalq badiiy hunarmandligi va amaliy san`ati mahsulotlari ko`rgazmasi tashkil etildi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Faxriy pedagogning mamnuniyati

Buxorolik 86 yoshli Abdulla ota Olimov ko`p yillik faoliyati davomida minglab qalblarga ezgulik yog`dusini ulashgan faxriy pedagoglardan.

Prezident Islom Karimovning O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24-yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi so`zi

Bugun mana shu go`zal va muhtasham maydonda siz, aziz yurtdoshlarimiz bilan ko`rishish, barchangizni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni biz uchun eng ulug` va eng aziz bo`lgan O`zbekistonimizning Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan tabriklash - men uchun katta baxt, katta sharafdir.

Mashhur yangiliklar

2014-07-12 Sport marafoni

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте