Yangilangan sana: 2015-08-01 Ko`rilgan: 2202

1-avgust kuni test sinovlari bo`lib o`tdi

1-avgust kuni mamlakatimizdagi barcha oliy o`quv yurtlarida test sinovlari bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazidan olingan ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilda mamlakatimiz oliy ta`lim muassasalariga 605836 abituriyent hujjat topshirgan. O`tgan yili ushbu ko`rsatkich 543131 nafarni tashkil etgan edi. Yoshlarning oliy ma`lumot olishga bo`lgan ishtiyoqi muttasil kuchayib borayotgani mamlakatimiz ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, hech kimdan kam bo`lmagan avlodni voyaga yetkazish borasidagi ezgu sa`y-harakatlar o`z samarasini berayotganidan dalolatdir.

Oliy o`quv yurtlaridagi ta`lim jarayonini mazmunan boyitish, yuksak malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida barcha universitet va institutlar faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada ko`zlangan rejalarni moliyalashtirish uchun Oliy ta`lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish fondi tashkil etilgani, har yili davlat byudjetidan ayni shu yo`nalishlarga katta hajmdagi mablag`lar ajratilayotgani alohida e`tiborga loyiq.

1-avgust kuni mamlakatimizdagi barcha oliy o`quv yurtlarida test sinovlari bo`lib o`tdi

Ta`lim muassasalari komputer va boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan to`liq jihozlangani bois ulardan foydalanish bo`yicha professional ko`nikmalarga ega yosh mutaxasislar kamolga yetmoqda. Bu yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, barcha hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan jadal rivojlantirish, yangi ish o`rinlari tashkil etish, xalqimiz turmush darajasi va sifatini yanada yuksaltirishda muhim omil bo`lmoqda.

Mamlakatimizning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvining kuchayishi, yangi sanoat tarmoqlari ishga tushirilishi, ishlab chiqarishning modernizatsiyalashuvi turli sohalarda yetuk bilim va malakali, o`z kasbining ustasi bo`lgan ilg`or mutaxassislarga talabni oshirmoqda. Mehnat bozoridagi mavjud ehtiyojdan kelib chiqqan holda, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. O`quv-tarbiyaviy ishlar muttasil takomillashtirilib, jahon andozalari va zamon talablariga mos ta`lim standartlari amaliyotga joriy etilmoqda. Fan, ta`lim, ishlab chiqarishning o`zaro integratsiyalashuvi ta`minlanayotgani yoshlarning bilim olishga intilishi tobora ortishiga, har yili ijtimoiy-iqtisodiy sohalar bo`yicha yangi-yangi ixtisosliklar tashkil etilishiga turtki bermoqda.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 23-iyundagi “2015/2016 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalariga qabul to`g`risida”gi qarorida ham yurtimiz hududlari va iqtisodiyot tarmoqlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta`minlash nazarda tutilgan.

Qarorda qayd etilganidek, bu yil mamlakatimizdagi 6 oliy o`quv yurtida 7 yangi ta`lim yo`nalishi ochildi.

Test sinovlari Toshkent arxitektura-qurilish institutida ham yuqori saviyada tashkil etildi. Institut xiyobonida ota-onalar uchun landshaft dizayni asosida barpo etilgan ko`rkam maydoncha ta`lim dargohi va bu yerdagi ilmiy-ijodiy muhit haqida dastlabki tasavvurni beradi. Bu yerda barcha oliy o`quv yurtlarida bo`lgani kabi kuzatuvchilarning dam olishi, ovqatlanishi uchun maxsus joylar tashkil qilingan, salqin ichimliklar savdosi yo`lga qo`yilgan. Jamoat osoyishtaligini ta`minlash bo`yicha ko`rilgan chora-tadbirlar test sinovlarining samarali o`tishiga zamin yaratdi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

1-avgust kuni mamlakatimizdagi barcha oliy o`quv yurtlarida test sinovlari bo`lib o`tdi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Ma`naviy komillikka chorlovchi san`at

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Samarqandda an`anaviy o`tkazib kelinayotgan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali xalqlar o`rtasida do`stlik

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi iyul 2015

Bugun 2015 yilning iyul oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

Mashhur yangiliklar

2013-02-20 Oqsaroyda qabul

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте