Yangilangan sana: 2015-07-24 Ko`rilgan: 711

Ma`naviy komillikka chorlovchi san`at

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Samarqandda an`anaviy o`tkazib kelinayotgan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali xalqlar o`rtasida do`stlik, ahillik, tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etayotir.

"Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalining nufuzi yil sayin ortib, ishtirokchilar safi kengayib bormoqda. Ushbu musiqa anjumani o`zbek milliy musiqa san`atining naqadar boy va betakror, o`ziga xos joziba va nafosatga ega ekanini dunyo ahliga namoyon etayotir.

Vatanimiz mustaqilligining 24-yilligi arafasida ko`hna va hamisha navqiron Samarqandda o`tkaziladigan "Sharq taronalari" o`ninchi xalqaro musiqa festivali uning mehmonlariga jonajon O`zbekistonimiz, bag`rikeng xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, mamlakatimizning taraqqiyot odimlari, maftunkor tabiatimizni namoyish etadi.

Festival doirasidagi konsertlar, ijodiy uchrashuvlar, anjuman va seminarlar qizg`in muloqotlarga boy bo`ladi, ishtirokchilar va san`at muxlislari, xorijlik mehmonlarga bayramona kayfiyat, yangi ilhom baxsh etadi, qalblarda ezgulik, mehr-muruvvat tuyg`ularini yanada mustahkamlaydi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Samarqandda an`anaviy o`tkazib kelinayotgan

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Kitobga qiziqish ortmoqda

Farg`onada "Adabiyotga e`tibor - kelajakka, ma`naviyatga e`tibor" shiori ostida kitob bayrami bo`lib o`tdi.

1-avgust kuni test sinovlari bo`lib o`tdi

1-avgust kuni mamlakatimizdagi barcha oliy o`quv yurtlarida test sinovlari bo`lib o`tdi.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте