Yangilangan sana: 2015-07-17 Ko`rilgan: 827

Kitobga qiziqish ortmoqda

Farg`onada "Adabiyotga e`tibor - kelajakka, ma`naviyatga e`tibor" shiori ostida kitob bayrami bo`lib o`tdi.

"O`zdavkitobsavdota`minot" mas`uliyati cheklangan jamiyati, viloyat hokimligi, Respublika Ma`naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo`limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida aholi, ayniqsa, navqiron avlodning ma`naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish bo`yicha keng ko`lamli ishlar amalga oshirilayotgani alohida ta`kidlandi.

Navqiron avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda kitobning o`rni beqiyos. Shu bois yurtimizda chop etilayotgan turli nomdagi adabiyotlarni o`quvchilar ommasiga yetkazishda kitob bayramlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotga e`tibor - kelajakka, ma`naviyatga e`tibor

Bugungi kunda viloyatda kitob savdosini samarali tashkil etish, axborot-kutubxona markazlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan salmoqli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Farg`ona shahrida Ahmad Farg`oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi, xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limlari tasarrufida 19, viloyat o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi boshqarmasi tizimidagi kollej va akademik litseylarda axborot-resurs markazlari faoliyat ko`rsatmoqda.

Tadbir doirasida tashkil etilgan ko`rgazmada mamlakatimizdagi nashriyotlar tomonidan chop etilgan ikki ming nomdan ziyod kitoblar namoyish etilmoqda. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Farg`onada Adabiyotga e`tibor - kelajakka, ma`naviyatga e`tibor shiori ostida kitob bayrami bo`lib o`tdi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

ShHTning Ufa sammiti

Avval xabar qilinganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 9-10-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

Ma`naviy komillikka chorlovchi san`at

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Samarqandda an`anaviy o`tkazib kelinayotgan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali xalqlar o`rtasida do`stlik

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте