Yangilangan sana: 2015-07-06 Ko`rilgan: 3661

Bosma uskuna

“O`qituvchi” NMIUda kitoblar va darsliklar eng yangi bosma uskunalarda chop etiladi.

Yuqori unumli KBA Rapida 105 bosma mashinasi

“O`qituvchi” NMIUda o`rta hajmdagi yangi ofset listli KBA Rapida 105 bosma mashinasi o`rnatildi. Ushbu uskuna yuqori unumli bo`lib, ham qog`oz ham kartonga chop etish imkoniyatiga ega.

List (taboq) bichimi:

  • Maksimal (standart/opsiya) - 720 x 1.050 / 740 x 1.050 mm
  • Minimal (standart/opsiya) - 360 x 520 / 350 x 500 mm

Bosma bichim:

Maksimal (standart/opsiya) - 710 x 1.040 / 730 x 1.040 mm

Yuqori unumli KBA Rapida 105 bosma mashinasi

KBA kompaniyasi ishlab chiqarish sifati va unumdorligiga qo`yilayotgan yangicha talablar asosida Rapida 105 mashinasini ishlab chiqdi. 740x1050 mm hajmli mashinaning ishlash tezligi 18000 gacha oshirilgan bo`lib, bu standartdan yuqoridir.

Rapida 105 o`zining quyidagi:

  • yangi boshqaruv va sozlash jarayonlari;
  • yaxshilangan texnik tarkibiy qismlari;
  • yangi texnik xizmat ko`rsatish jihatlari bilan barcha ofset bosma sohalarida qiziqarli model hisoblanadi.

“O`qituvchi” NMIUda o`rnatilgan boshqa uskunalar

Korxonaning bosma sexida yana ikkita 4 rangli RYOBI-754 va RYOBI-750 (Yaponiya) ofset bosma mashinalari o`rnatilgan.

RYOBI-754  va RYOBI-750 bosma mashinalari

Mazkur bosma mashinalar turli qalinlikdagi qog`ozlarda A2 hajmdagi 4 rangli bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi. Bosma sifatining raqamli nazorati kichik hamda katta buyurtmalarni bajarishda barqaror va yuqori sifatni ta`minlaydi.

Bosma sexda, shuningdek, ikkita HORIZON AFC-744AKTSC (Yaponiya) falsovka mashinalari ham o`rnatilgan.

HORIZON AFC-744AKTSC (Yaponiya) falsovka mashinalari

Barcha sozlash ishlari sensorli ekrandagi katta interfaol ikonalar yordamida amalga oshiriladi. Bu esa mashinani boshqarish va tezkor qayta sozlash ishlarida qulaylikni ta`minlaydi.

2006- yilning sentabr oyida yangi “Perfecta 132” kesish mashinasi ishga tushirildi.

Yangi Perfecta-132 kesish mashinasi

“Perfecta 132” birinchi darajali, takomillashtirilgan, kompyuter yordamida boshqariladigan yuqori unumli kesish mashinasi bo`lib, u sensorli ekran va professional talablarda murakkab kesish amallarini dasturlashtirishga imkon beradigan hamda ishlatishga oson bo`lgan to`liq grafikli menyu bilan ta`minlangan.

Perfectaning sensorli ekrani kesish ishlarini tushunarli, oson amalga oshirishda xizmat ko`rsatsa, ma`lumotlarning  grafikli taqdimoti dasturda yuz berishi mumkin bo`lgan xatoliklarni u ishga tushishdan oldinroq topishda yordam beradi.

Shuningdek, korxonada o`quvchi va umumiy daftarlarni ishlab chiqaruvchi ACME LINEOPRINT (Hindiston) uskunasi ham o`rnatilgan.

Daftarlar ishlab chiqaruvchi ACME LINEOPRINT (Hindiston) uskunasi

Bosishgacha bo`lgan jarayon uskunalari

Bosma uskunalar

Bosishdan keyingi jarayon uskunalari

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O`qituvchi NMIUda kitoblar va darsliklar eng yangi bosma uskunalarda chop etiladi. Yuqori unumli KBA Rapida 105 bosma mashinasi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Bosishgacha bo`lgan jarayon uskunalari

“O`qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi VATAN MAKINA nomli qog`oz kesish mashinasini xarid qilib o`rnatdi.

ShHTning Ufa sammiti

Avval xabar qilinganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 9-10-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте