Yangilangan sana: 2015-06-26 Ko`rilgan: 1619

Matbaa mahsulotlari sifati yanada yaxshilanadi

Bundan chorak asr muqaddam “Alifbe”ni qo`liga olgan bola yozuv daftari topolmas, yozuv daftari topilsa, kitob yetishmasdi. Tanqislik barham topib, bozorlar turli jangari kinofilmlar qahramonlari tasviri tushirilgan, orqasiga 72 varaq deb ko`rsatilgan, aslida 50-60 varaqdan oshmaydigan daftarlar bilan to`lgan kezlar edi. Qo`shnimiz - bozorda matbaa mahsulotlari savdosi bilan shug`ullanuvchi Oqil aka bir kuni otamga kuyunchaklik bilan shunday degani esimda: “Aytsam ishonmaysiz, yuzta daftardan kamida o`n-o`n beshtasining yo muqovasi yo`q, yo varag`i kam. Qachongacha chet elning bunday sifatsiz mahsuloti bilan xaridorni aldaymiz?!”

Balki o`sha paytda Oqil akaga o`n-o`n besh yildan keyin daftarlar to`liq o`zimizda ishlab chiqariladi, shaklu shamoyili, mazmuni ham milliy ma`naviyatimizga mos bo`ladi deyishsa, ishonishi qiyin bo`lardi. Bugun mamlakatimizda yiliga 120-150 million dona daftar mahsulotlari ishlab chiqarilib, bu boradagi ehtiyoj to`liq ta`minlanayotir.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng afzalliklar berilayotgani, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, ular asosida ichki bozor ehtiyojini qondirishga ko`rsatilayotgan e`tibor matbaa korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari ko`payib, sifati yaxshilanishiga xizmat qilmoqda.

Sohani texnik va texnologik yangilash borasida amalga oshirilgan ishlar barobarida o`quvchilarni turli yot g`oyalar, “ommaviy madaniyat” ko`rinishlari aks etgan chet el mahsulotlaridan himoya qilish, ularni milliy ma`naviyatimiz va qadriyatlarimizga mos sifatli yozuv daftarlari bilan ta`minlash davlatimiz e`tiboridagi muhim masalalardan biri bo`lib kelmoqda.

Matbaa mahsulotlari sifati yanada yaxshilanadi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi “Iste`mol bozorini yozuv daftarlari bilan ta`minlashni tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqarilayotgan yozuv daftarlari sifatini oshirish, milliy ma`naviyatimizga zid hamda sifatsiz mahsulotlarning yurtimizga kirib kelishi va sotilishini, bu turdagi yozuv daftarlaridan ta`lim muassasalarida foydalanishni taqiqlash ishlarini kuchaytirish belgilangan.

Bundan tashqari, O`zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan iste’mol bozorini sifatli daftar mahsulotlari bilan ta`minlash maqsadida maktab va umumiy daftarlar, rasm albomlari hamda kundalik reyting daftarlariga oid tarmoq standartlari ishlab chiqildi va “O`zstandart” agentligida davlat ro`yxatiga olindi. Bosma mahsulotlarning sanitariya normalari talablariga javob berishiga ham katta e`tibor qaratilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-iyundagi “Ta`lim muassasalari uchun xavfsiz poligrafiya mahsulotlari haqidagi Umumiy texnik reglamentni tasdiqlash to`g`risida”gi qarori yosh avlodni sifatli, ekologik talab va me`yorlarga javob beruvchi, milliy ma`naviyatimizga mos xavfsiz bosma mahsulotlar bilan ta`minlashda muhim qadam bo`ldi.

Mazkur texnik reglament O`zbekiston matbuot va axborot agentligi, “O`zstandart” agentligi hamda Sog`liqni saqlash vazirligi hamkorligida xorijiy tajribaga asoslangan holda zamonaviy talablardan kelib chiqib ishlab chiqilgan. Mazkur hujjatda Bojxona ittifoqi komissiyasi tomonidan tasdiqlangan “Bolalar va o`smirlarga mo`ljallangan mahsulotlarning xavfsizligi to`g`risidagi texnik reglament”ning mahsulot xavfsizligini ta`minlash borasidagi talablari ham inobatga olingan.

Ushbu texnik reglament ta`lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari ishlab chiqaradigan tadbirkorlarga qator qulayliklar yaratadi. Hozirgi vaqtga qadar shu turdagi mahsulot ishlab chiqarishda oltita davlat standarti, tegishli sanitariya me`yorlari xavfsizlik talablariga rioya etilishi ko`zda tutilgan bo`lsa, yangi tartib joriy etilgandan keyin ishlab chiqaruvchi faqat bitta hujjat bilan ishlaydi. Reglament kuchga kirishi bilan ta`lim muassasalariga mo`ljallangan matbaa mahsulotlarini ishlab chiqarish bo`yicha qabul qilingan oltita davlat standarti hamda ikkita sanitariya me`yori talablari ixtiyoriy normaga aylantiriladi.

Yosh avlodga mo`ljallangan matbaa mahsulotlari ishlab chiqarilishini takomillashtirishga qaratilgan sa`y-harakatlar mamlakatimizda ta`lim jarayoni yanada yaxshilanishi barobarida, farzandlarimizning qobiliyatini to`la namoyon etib, intellektual jihatdan yetuk shaxs bo`lib ulg`ayishida muhim omil bo`lib xizmat qiladi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Bugun mamlakatimizda yiliga 120-150 million dona daftar mahsulotlari ishlab chiqarilib, bu boradagi ehtiyoj to`liq ta`minlanayotir

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Elektron xaridlar tizimi takomillashmoqda

Respublika tovar-xomashyo birjasi tomonidan birjada davlat va korporativ xaridlarini joriy etish, birja savdolarida kichik biznes subyektlarining rolini yanada kuchaytirish, tizimning ochiq-oshkoraligini ta`minlash, birja faoliyatida ...

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi iyun 2015

Bugun 2015 yilning iyun oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте