Yangilangan sana: 2010-09-29 Ko`rilgan: 965

Matbaachi va noshirlarning XII Xalqaro anjumani

      Bugun «O’zekspomarkaz» Milliy ko’rgazma majmuasida Matbaachi va noshirlarning XII Xalqaro Toshkent ko‘rgazmasi ochildi. Ushbu anjuman «O`ZBEKinPRINT» (noshirlik, qog’oz va kantselyariya mahsulotlari), «O`ZUPACK» (tovar-buyum joylanadigan yoki o’raladigan qog’oz, qop, o’rash qog’ozlari, etiketka), «O`ZREKLAMA» (reklama, dizain, foto) «Poligrafiya AиK» kompaniyasi tomonidan O’zbekiston Matbuot va axborot agentligi, «O’zekspomarkaz» Milliy ko’rgazma majmuasi hamda Rossiya Federatsiyasining O’zbekiston Respublikasidagi Savdo vakolathonasi ko’magida o’tkazilmoqda.

      Shuni alohida qayd etish kerakki, deb ta’kidladi Xalqaro ko‘rgazma direktori Anjella Safaryan, bugungi kunda O’zbekistonda matbaa sohasi jadal sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bugun mamlakatda 1400dan ziyod matbaa korxonalari faoliyat yuritib, ular o’z mahsulotlari bilan nafaqat ichki bozorni to’ldirib bormoqdalar, balki tashqi bozorga ham o’z mahsulotlarini eksport qilmoqdalar. XII Xalqaro ko‘rgazma texnologik yutuqlar va innovatsion loyihalar taqdimoti bo’lib qolmasdan, turli mamalkatlar mutahassislarining o’zaro foydali hamkorlikka keng imkoniyat ochuvchi maidon vazifasini ham bajarmomoqda. Ushbu halqaro ko’rgazmada har doimgidek «Qog’oz va kantselyariya ashyolari», «Kitoblar saloni», «Reklama» bo’limlari faoliyat ko’rsatmoqda. Mazkur ko’rgazma 1 oktyabrgacha davom etadi.

(API Uz)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Matbaachi va noshirlarning XII Xalqaro anjumani

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Talabalar uchun qulaylik

      Yurtimizdagi barcha oliy o‘quv yurtlarida kirish imtihonlari yakunlanib, yangi o‘quv yili boshlandi. Endi aksariyat talabalar oldida bitta muhim masala, ya’ni o‘qish uchun pul to‘lash masalasi turibdi. Bankdan ta’lim kreditini olish esa ushbu masalaning eng maqbul yechimiga aylanishi mumkin.

O'qituvchi NMIU rus tilida "ВНЕКЛАССНОЕ ЧТЕНИЕ" (Sinfdan tashqari o'qish) seriyasining uchinchi kitobini nashr qildi

      Boshlang’ich sinflar soniga ko’ra 4ta kitob nashr etildi. Ushbu nashr bolalar adabiyoti turkumiga mansubdir.

      Har bir kitobda xrestomatik xarakterdagi asarlar, shuningdek, uncha mashhur bo‘lmagan...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте