Yangilangan sana: 2015-05-23 Ko`rilgan: 3192
Beg`ubor orzular tasviri
"Mening ezgu orzuim" deb nomlangan ko`rgazmada bolalar o`z beg`ubor orzularini oppoq qog`ozda tasvirlashga intilganlar. Bu yerda namoyish etilayotgan yuzdan ortiq suratda kichkintoylarning tinchlik, osoyishtalik, yorug` va farovon hayot, tabiat manzaralari, oilaning muqaddas qo`rg`onligi, maktab bilim va tarbiya maskani ekani turfa bo`yoqlarda aks ettirilgan. Mazkur ko`rgazmadan ko`zlangan asosiy maqsad bolalarning orzu-intilishlarini atroflicha o`rganish, ularda o`ziga bo`lgan ishonch va qat`iyatni mustahkamlashdan iboratdir. O`qituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyida Yosh rassom ko`rik tanlovi
– Men yurtimizdagi ko`m-ko`k osmonni, yashil daraxtzorlar, maysazorlarni, maktabga yo`l olayotgan shodon bolalarni aks ettirishga harakat qildim, – deydi 22-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi, 12 yoshli Anastasiya Ignatenko. – O`zbekistonimiz doimo tinch va osoyishta, osmoni tiniq bo`lishini orzu qilaman.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida navqiron avlodning kamoloti yo`lida g`amxo`rlik va e`tibor ko`rsatish, ularning ijodiy-intellektual salohiyatini yuksaltirish, ijtimoiy holati, millatidan qat`iy nazar, barcha bolalarning ezgu orzulari ijobati yo`lida keng imkoniyatlar eshigini ochib berish davlatimiz siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biriga aylangan.
O`zbekiston Davlat san`at muzeyida "Sen yolg` iz emassan" Respublika jamoatchilik bolalar jamg`armasi tomonidan 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag`ishlab tashkil etilgan "Mening ezgu orzuim" mavzuidagi rasmlar ko`rgazmasida ayni jihatlar yana bir karra o`zining yorqin ifodasini topdi. Ko`rgazmada mamlakatimizning turli hududlaridagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, alohida ehtiyojli bolalar chizgan rasmlar namoyish etilmoqda.
"Sen yolg'iz emassan" Respublika jamoatchilik bolalar jamg`armasi Vasiylik kengashi raisi L.Karimova-Tillayeva mamlakatimizda bolalarning huquq va manfaatlarini himoyalash, ularning to`laqonli ta`lim olishi, buyuk ajdodlarimizga munosib vorislar bo`lib kamolga yetishi masalasi davlatimizning doimiy e`tiborida ekanini ta`kidladi.
O`g`il-qizlarning huquqiy manfaatlarini ta`minlashda, ularning jamiyatda o`z o`rnini topishiga yaqindan ko`maklashishda turli vazirlik va idoralar bilan birgalikda jamoat tashkilotlari ham faol hissa qo`shmoqda. Jumladan, "Sen yolg`iz emassan" Respublika bolalar jamoatchilik jamg`armasi tomonidan turli ko`rgazmalar, san`at haftaliklari, sport musobaqalari, bolalar forumlarining muntazam o`tkazilayotgani o`quvchi-yoshlar qobiliyati va iste`dodini to`g`ri yo`naltirib borish, iste`dod sohiblarini har jihatdan qo`llab-quvvatlash imkonini bermoqda.
Tadbir doirasida bolalar ishtirokida asfaltga rasm chizish bo`yicha ijodiy tanlov ham o`tkazildi.
Ko`rgazma davomida bolalar o`zlari chizgan suratlarning mazmuni haqida atroflicha so`zlab berdilar.
"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz
Yangi tarixni o`qitishning dolzarb masalalari
Bu yil mamlakatimiz mustaqilligining 24-yilligi keng nishonlanadi.
Toshkentda O`qituvchi NMIU ishtirokida Kitob bayrami 2015 boshlandi
Toshkentda 2015-yil 28-may kuni "Adabiyotga e`tibor - ma`naviyatga, kelajakka e`tibor" shiori ostida an`anaviy "Kitob bayrami" boshlandi
Mashhur yangiliklar
2015-07-17 Kitobga qiziqish ortmoqda
2018-06-07 Rahbar bo`lsang, kitob o`qi!
2016-04-25 Kitobning sehrli dunyosi
2013-04-18 Oqsaroyda qabul