Yangilangan sana: 2015-04-18 Ko`rilgan: 4660

Tasviriy san`at haftaligi

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda tasviriy san`atning o`ziga xos maktab va an`analarini rivojlantirish, ijod ahlining mehnatini har jihatdan qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish masalasiga alohida e`tibor qaratilmoqda. Iste`dodli yoshlarni aniqlash, ularni har jihatdan qo`llab-quvvatlash, ijodiy-intellektual salohiyatini kashf etishga yaqindan ko`maklashish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

O`zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod memorial bog`-muzeyida joriy yilning 21-25-aprel kunlari bo`lib o`tadigan tasviriy va amaliy san`at festivaliga bag`ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

An`anaviy tasviriy va amaliy san`at festivalidan ko`zlangan asosiy maqsad istiqlol yillarida milliy san`atimizni rivojlantirish borasida erishilgan yutuqlarni namoyish etish, nafis san`atga doir boy merosimizdan keng jamoatchilik, ayniqsa, yoshlarni bahramand etishdan iboratdir.

Tasviriy san`at haftaligi

O`zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tasviriy san`atga mehri baland yoshlarni kashf etish, ularning ijod namunalari bilan muxlislarni yaqindan tanishtirish, ta`limda "ustoz-shogird" an`analari bardavomligini ta`minlash yuzasidan qator ijodiy loyihalar, mahorat saboqlari, ilmiy-ma`rifiy anjumanlar, badiiy, foto ko`rgazmalar muntazam o`tkazib kelinmoqda.

Ijodiy loyiha doirasida qo`li gul usta va hunarmandlar, ustoz musavvirlar, mohir haykaltaroshlarning ijod namunalaridan iborat ko`rgazmalar, ular ishtirokida mahorat saboqlari, uchrashuvlar tashkil etiladi. Shu bilan birga, O`zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko`rgazmalar zali, Toshkent Fotosuratlar uyi, Xalqaro madaniyat karvon saroyi, Kamoliddin Behzod memorial bog`-muzeyi, Tasviriy san`at galereyasi, O`zbekiston davlat san`at muzeyi kabi madaniyat maskanlarida o`z ijodi bilan san`at olamiga dadil kirib kelayotgan yoshlarning asarlari tomoshabinlar e`tiboriga havola etiladi.

Bu yilgi festival Keksalarni e`zozlash yiliga bag`ishlangani bilan ahamiyatlidir. Tadbirda jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi.

Markaziy ko`rgazmalar zaliga o`rnatilgan monitorlar orqali yurtimiz madaniyati va san`atiga bag`ishlangan filmlar namoyish etiladi. "O`zbekiston tasviriy san`ati: meros talqini va ijodiy izlanishlar" mavzusidagi davra suhbati, ilmiy anjumanlar, ijodiy tanlovlar, yoshlar badiiy jamoalari ishtirokidagi konsert dasturlari tasviriy san`at bayramiga yanada zavq va jo`shqinlik bag`ishlaydi.

Bu kabi san`at festivallari Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda ham bo`lib o`tadi.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda tasviriy san`atning o`ziga xos maktab va an`analarini rivojlantirish, ijod ahlining mehnatini har jihatdan qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish masalasiga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Islom Karimov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan qutlovlar

Mamlakatimizda 2015-yil 29-mart kuni bo`lib o`tgan saylovda Islom Karimov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani ...

Yosh xonandalar tanlovi

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida "Kuyla, yoshligim" televizion tanlovining mamlakat bosqichi bo`lib o`tdi.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте