Yangilangan sana: 2010-09-13 Ko`rilgan: 1162

Talabalar uchun qulaylik

      Yurtimizdagi barcha oliy o‘quv yurtlarida kirish imtihonlari yakunlanib, yangi o‘quv yili boshlandi. Endi aksariyat talabalar oldida bitta muhim masala, ya’ni o‘qish uchun pul to‘lash masalasi turibdi. Bankdan ta’lim kreditini olish esa ushbu masalaning eng maqbul yechimiga aylanishi mumkin.

      Mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida yoshlarga o‘qish uchun keng imkoniyatlar yaratish va oliy ta’lim olayotgan fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirishga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyulda qabul qilingan “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

      Ushbu qarorga muvofiq, ta’lim kreditlari bakalavriat bosqichida o‘qiyotgan talabalarga o‘n yil, magistrantlarga besh yil muddatga berilishi mumkin. Bunda o‘quv davri imtiyozli hisoblanadi, negaki bu davrda talabalar faqat foizlarni to‘laydi, xolos. Ushbu muddat tugagandan so‘ng, ta’lim kreditini to‘lash boshlanadi.

      “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat bankida ta’lim kreditlarini taqdim etish bo‘yicha qulay sxema ishlab chiqilgan. O‘tgan yili bu yerga mamlakatimizning turli oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan 214 nafar talaba murojaat qilgan va ularga o‘qish uchun 320,6 million so‘m ajratilgan. Bank mutaxassislarining ta’kidlashicha, bu yil murojaatlar soni yanada ko‘payishi kutilmoqda. Chunki, joriy yil 1 sentabr holatiga ko‘ra, 233 nafar talaba 321,7 million so‘m olgan.

      – Ta’lim krediti iste’mol kreditining eng keng tarqalgan turlaridan biri hisoblanadi, – deydi bankning kredit departamenti boshlig‘i Chori Mirzayev. – Ta’lim kreditining miqdori oliy o‘quv yurtida o‘qish uchun shartnoma qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Hech kimi yo‘q, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hamda bolalikdan birinchi va ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan fuqarolarga kreditni olishda keng imtiyozlar beriladi. Ular foizsiz ta’lim kreditini olish huquqiga ega.

      Ta’kidlash joizki, ta’lim krediti tizimida kam ta’minlangan oilalar talabalariga qo‘shimcha imtiyozlar ko‘zda tutilgan. Kreditning barcha foiz to‘lovlari miqdorining yarmini bandlik markazlari to‘lashi mumkin. Buning uchun talabalar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan va ularning moddiy ahvolini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni taqdim etishi lozim.

      “Asaka” bankidan ma’lum qilishlaricha, yangi o‘quv yili boshida mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan o‘nlab talabalarga mazkur bankning ta’lim krediti berilgan.

(UzA)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Talabalar uchun qulaylik

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 19 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi

      Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar!

      Hurmatli mehmonlar!

      Bugun go‘zal va betakror yurtimizda buyuk ayyom, katta tantana. Xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan o‘z milliy mustaqilligining o‘n to‘qqiz yillik bayramini baland ruh va xursandchilik bilan kutib olmoqda.

Matbaachi va noshirlarning XII Xalqaro anjumani

      Bugun «O’zekspomarkaz» Milliy ko’rgazma majmuasida Matbaachi va noshirlarning XII Xalqaro Toshkent ko‘rgazmasi ochildi. Ushbu anjuman «O`ZBEKinPRINT» (noshirlik, qog’oz va kantselyariya mahsulotlari), «O`ZUPACK» (tovar-buyum joylanadigan yoki o’raladigan qog’oz, qop, o’rash qog’ozlari, etiketka), «O`ZREKLAMA» (reklama, dizain, foto) «Poligrafiya AиK» kompaniyasi tomonidan O’zbekiston Matbuot va axborot agentligi, «O’zekspomarkaz» Milliy ko’rgazma majmuasi hamda Rossiya Federatsiyasining O’zbekiston Respublikasidagi Savdo vakolathonasi ko’magida o’tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте