Yangilangan sana: 2015-02-12 Ko`rilgan: 3691

O`qituvchi NMIUga ISO-9001 Xalqaro sifat standarti sertifikati topshirildi

"O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ISO-9001 Xalqaro sifat standarti sertifikatini qo`lga kiritdi. Taqdimot Toshkentda, O`zbekiston Axborot va matbuot agentligining majlislar zalida o`tkazilgan tantanali yig`ilishda bo`lib o`tdi.

O`zbekistonda sifat nazorati bo`yicha xalqaro standartlarga o`tish, iqtisodiyot sohalarini texnik va texnologik jihatdan yangilash borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. “Bu dastur Prezident Islom Karimov rahbarligida amalga oshirilmoqda”, deb ta`kidlandi taqdimot marosimida. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2009- yil 19-iyunda qabul qilingan “Respublika korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq bo`lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni kengaytirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaror ushbu faoliyat uchun dasturilamal bo`lib xizmat qiladi. “O`qituvchi” NMIUda, mazkur qaror asosida, 2013- va 2014- yillar davomida ISO-9001 standarti talablariga muvofiq keluvchi sifat boshqaruvi tizimi tashkillashtirildi va yo`lga qo`yildi.

O`qituvchi NMIU direktori Rustam Xudaykulov surati

“CERT International” boshqaruv tizimlarini sertifikatlashtirish organi direktori Marat Xabibullin ISO-9001 sertifikati yangi imkoniyatlar eshigini ochib berishini alohida ta`kidladi. Dunyoning 58 mamlakati ISO-9001 sertifikatini e`tirof etgan bo`lib, ularning tarkibiga Amerika Qo`shma Shtatlari, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlar kiradi.

Alfakon Systems” konsalting kompaniyasi “O`qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyida ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini o`rganish bo`yicha tayyorgarlik ishlarini olib bordi. Korxona xodimlari uchun seminarlar tashkillashtirilib, ularda xalqaro standartlar tizimlarini tashkillashtirish va joriy qilish masalalari ko`rib chiqildi. Tadqiqot xulosalari asosida hujjatlar tayyorlandi va tasdiqlandi. Bu hujjatlarda “O`qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyidagi ishlab chiqarishning barcha bosqichlari aniq belgilab qo`yildi. Bundan tashqari, korxonaning sifat boshqaruvi tizimiga o`tishi yuzasidan dastur ham ishlab chiqildi.

O`zbekiston Matbuot va axborot agentligining majlislar zalidagi yig`ilish surati

“O`qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktori Rustam Xudaykulov korxonada ishlab chiqarish jarayonining samaradorligini oshirish sifat boshqaruvi tizimi yordamida erishilgani haqida so`zladi. Bu tizim xodimlarning ular tomonidan bajariladigan ishlariga bo`lgan mas`uliyatini oshirishga, shuningdek, yaroqsiz ishlab chiqarish mahsulotari hajmining sezilarli darajada kamayishiga imkon berdi. Yangi tizimga o`tish sifatni nazorat qiluvchi asosiy jarayonlarni modernizatsiya qilishga yo`l ochib berdi. Texnologik parametrlar endilikda binolarda, ishlab chiqarish jarayonlarida, atrof-muhitda muntazam o`lchab turilmoqda hamda to`liq monitoring o`tkazilmoqda.

Korxona sifat boshqaruvi tizimiga o`tganidan so`ng u yerda xorijiy ekspertlar tomonidan tekshiruv o`tkazildi. Natijada “O`qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyiga ISO-9001 Xalqaro sifat standarti tizimi sertifikatini topshirishga qaror qilindi. Mazkur sertifikat “O`qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyiga xorijiy kompaniyalar bilan shartnomalar tuzish va o`z mahsulotlarini xalqaro bozorlarga chiqarish imkonini beradi.

ИПТД "O`qituvchi" был вручен сертификат стандарта качества ISO-9001

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O`qituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyi ISO-9001 Xalqaro sifat standarti sertifikatini qo`lga kiritdi.

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi yanvar 2015

Bugun 2015 yilning yanvar oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "G`afur G`ulom" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

O`qituvchi NMIU Yangiboy Qo`chqorovning Oy tegrasida yulduzlar nomli kitobini nashr etdi

"O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi "Oy tegrasida yulduzlar" nomli kitobni o`zbek tilida nashr etdi...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте