Yangilangan sana: 2010-05-11 Ko`rilgan: 1401

“Asrlar sadosi” yangrayveradi

      Qadimiy va navqiron Xiva shahrida 8-9 may kunlari “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Asrlar sadosi – 2010” festivali bo‘lib o‘tdi.

      Mamlakatimizda uchinchi bor o‘tkazilgan mazkur festival xalqimizning an’ana va urf-odatlari, milliy hunarmandchilik, xalq amaliy san’ati, musiqa va qo‘shiq, raqs, xalq og‘zaki ijodi, bir so‘z bilan aytganda, ajdodlarimizning boy madaniy merosini saqlash, qayta tiklash, ularning bebaho namunalarini yurtimiz va xorijda keng targ‘ib qilish maqsadlariga xizmat qilmoqda.

      Milliy madaniyatimiz va betakror san’atimizning o‘ziga xos bayramiga aylangan tadbirda folklor-etnografik ansambllar, teatr guruhlari, xonandalar, baxshilar, musiqachilar, raqqosalar, qiziqchilar, milliy kiyimlar dizaynerlari, rassomlar, hunarmandlar, “Yangi avlod”, “Kelajak ovozi” festival hamda ko‘rik-tanlovlarining g‘olib va sovrindorlari ishtirok etdi.

      Ichan-qal’a bo‘ylab xalq hunarmandchiligi, zargarlik, misgarlik, gilamdo‘zlik, kulolchilik buyumlari ko‘rgazma va savdo rastalari tashkil etildi.

      – Milliy atlas va adras ishlab chiqarish ustasiman, – deydi Namangan shahridan kelgan Ahmadjon Abdulatipov. – Sulolamizning davomchisi sifatida 45 yildan beri shu hunar bilan shug‘ullanib kelaman. Ayni damda usta-shogird yo‘nalishida 10 nafar yigit-qizga mahorat sirlarini o‘rgatmoqdaman. Bunday festivallar biz, hunarmandlarga tajriba almashish imkonini berishi bilan ham ahamiyatlidir.

      – Mazkur nufuzli festivalda ilk marta ishtirok etdik, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Muhallas” folklor-etnografik ansambli badiiy rahbari Sultonmurod Abdujalilov. – Jamoamiz qoraqalpoq kuy-qo‘shiqlari va o‘yinlarini milliy liboslarda, milliy musiqa asboblari – qobuz, dutor, chanqovuz jo‘rligida ijro etib, san’at ixlosmandlarining olqishiga sazovor bo‘ldi.

      Festivalda ko‘plab xorijiy davlatlarning madaniyat va san’at namoyandalari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari milliy san’atimiz durdonalari bilan yaqindan tanishdilar.

      – Mazkur festival menda katta taassurot qoldirdi, – deydi italiyalik arxitektor Nello Karuso. – “Asrlar sadosi” asriy qadriyatlardan so‘zlashiga guvoh bo‘ldik. Ko‘rgazmalarni maroq bilan tomosha qildik. Buyuk ajdodlaringiz aql-zakovati bilan yaratilgan me’moriy yodgorliklarni ko‘rib, hayratim oshdi.

      Osmon ostidagi muzey – Xiva betakror madaniyat va san’at festivali ruhi bilan yanada o‘zgacha qiyofa kasb etdi. Asriy obidalarni va unga hamohang bo‘lgan festivalni hayrat bilan kuzatayotgan xorijlik mehmonlar, sayyohlar milliy madaniyatimiz va tariximiz haqida boy taassurotga ega bo‘ldilar.

      Festival yakunida “Eng yaxshi dizayner” nominatsiyasi bo‘yicha xorazmlik Nargiza Otajonova, “Eski an’analarni saqlash va yangicha talqin qilish” yo‘nalishi bo‘yicha Xorazm viloyatining “Hunarmand” uyushmasi bo‘limi, “Eng yaxshi folklor-etnografik ansambl” nominatsiyasida Buxoro viloyatining “Afshona”, Surxondaryo viloyatining “Quralay”, Samarqand viloyatining “Chavki”, Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Muhallas”, Xorazm viloyatining “Jo‘ralar” hamda “Xiva” folklor-etnografik ansambllari g‘oliblikni egalladi. Namanganlik Avazxon Dehqonov “Eng yaxshi oshpaz” deb topildi.

      Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Janibek Tiyazov va surxondaryolik O‘rol Rahimov “Eng yaxshi baxshi”, toshkentlik Mirhamid Mirsoatov “Eng yaxshi rassom”, samarqandlik Firdavs Berdiyev “Eng yaxshi kulol” deb e’tirof etildi. “Yog‘och o‘ymakorligi” nominatsiyasida xivalik Shavkat Jumaniyozov g‘olib chiqdi. G‘oliblarga festival tashkilotchilari va homiylarning qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

      Festival san’at ustalari, estrada yulduzlari va yosh ijrochilarning konserti bilan yakunlandi.

      “Asrlar sadosi” festivalining yopilish marosimida Xorazm viloyati hokimi O.Ollaberganov ishtirok etdi.

(O'zА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

“Asrlar sadosi” yangrayveradi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

„O‘qituvchi“ NMIU ishlash chiqarish bo'limlari

Ishlab chiqarish bo‘limi ishlab chiqarishning borishini tezkor tartibga solish, topshiriq va shartnomalarga muvofiq mahsulotning bir maromda chop etilishini ta’minlash bo‘yicha ish olib boradi. Ishlab chiqarish rejalari va mahsulot chop etish grafiklarini tuzishga boshchilik qiladi, ishlab chiqarishning texnik hujjatlar, materiallar, komplektlovchi buyumlar bilan ta’minlanganligini nazorat qiladi.

Ta’til mazmunli o‘tadi

      Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy bog‘ida Toshkent shahar hokimligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan “Kuch – bilim va tafakkurda” mavzuida festival tashkil etildi.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте