Yangilangan sana: 2014-12-29 Ko`rilgan: 3101

Mamlakatimizda Yangi yil shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida bayram tantanalari boshlandi

Ertakmonand bezatilgan maydonda bolalarning shodon kulgisi yangraydi. O`z hayotidan mamnun yurtdoshlarimiz chehrasida xurramlik va quvonch, xorijlik mehmonlar ko`zlarida hayrat va havas porlaydi.

Kamalakrang chiroqlar, zarrin bezaklar bilan yasatilgan archaga termulgan qizaloq ertaklar olamiga tushib qolgandek his qiladi o`zini. Yodlagan she`rini aytib berib, Qorbobo va Qorqizdan sovg`a olgan bolakayning murg`ak qalbiga bayram bir umrlik xotiralarni muhrlaydi.

Ha, Yangi yilni bir olam orzular bilan qarshilayotgan farzandlarimiz quvonchida, baxtiyorligida mamlakatimizda inson manfaatlarini ta`minlash, sog`lom va barkamol avlodni tarbiyalash, Vatanimizni har tomonlama obod qilish, inson erkin nafas oladigan, tinch va farovon yashaydigan hayot barpo etish yo`lida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi mujassam.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatimizda Sog`lom bola yili, deb e`lon qilingan 2014-yilda bu boradagi ishlar yangi bosqichga ko`tarildi. Oilalarni har jihatdan qo`llab-quvvatlash, daromadi va farovonligini oshirish, xotin-qizlar va bolalar salomatligini yanada yaxshilash, jonajon Vatanimizning ijtimoiy barqarorligini ta`minlash, jamiyatimizdagi o`zaro ahillik, totuvlik, mehr-oqibat va bag`rikenglik muhitini mustahkamlash bo`yicha ko`plab xayrli ishlar qilindi.

Maydonga o`rnatilgan ulkan monitorlarda jamiyatimizdagi beqiyos o`zgarishlar, bunyodkorlik odimlari, shahar va qishloqlarimizning go`zal qiyofasi aks etadi. Yosh avlod kelajagi yo`lida amalga oshirilayotgan hayotbaxsh islohotlar samarasi har bir insonda faxr-iftixor tuyg`ularini uyg`otadi.

Bu yilgi bayram shodiyonalarini yuksak saviyada tashkil etishda O`zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, «O`zbeknavo» estrada birlashmasi, «O`zbekteatr» ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi, O`zbekiston badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi, Toshkent shahar hokimligi, «Toshshaharnur» davlat unitar korxonasining hissasi katta bo‘ldi.

Maydondagi ulkan sahnada O`zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari ijrosida “Yangi yil sarguzashtlari” nomli teatrlashtirilgan tomosha namoyish etilmoqda. Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi, Akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyasining ansambl va xonandalari, teatr va sirk san`ati ustalari, taniqli san`atkorlar, yosh ijrochilar, O`zbekiston san`at va madaniyat instituti, O`zbekiston davlat konservatoriyasining talabalari o`zlarining rang-barang musiqiy dasturlarini taqdim qilmoqda. Nasriddin Afandi, Shum bola, Egri va To`g`ri, sehrli shamchiroq egasi Oloviddin, mehnatsevar Zumrad va erka Qimmat ishtirokidagi tomoshalar bolalarga bir olam quvonch, unutilmas taassurot ulashmoqda.

Maydondagi yetmishga yaqin attraksion, ellikka yaqin savdo shoxobchasi bayramni yanada ko`tarinki ruhda o`tkazish uchun xizmat qilmoqda.

Ayni paytda poytaxtimizning boshqa madaniyat va istirohat bog`lari, maydon va xiyobonlarida ham Yangi yil tantanalari barchani chorlayotir. Ko`tarinki kayfiyat, iliq xotiralar ulashgan bunday tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda bo`lib o`tmoqda. (UzА)

В Ташкенте на площади Мустакиллик начались предновогодние празднования

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Ertakmonand bezatilgan maydonda bolalarning shodon kulgisi yangraydi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O`zbekistonda parlament saylovi boshlandi

2014-yilgi parlament saylovi jamiyatimizni yanada demokratlashtirish, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilishda navbatdagi muhim bosqichdir.

O`zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

Ayni shu daqiqalarda yakuniga yetib borayotgan yilni kuzatar ekanmiz, yil davomida bosib o`tgan yo`limizni va ro`y bergan voqealarni...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте