Yangilangan sana: 2014-12-21 Ko`rilgan: 3573

O`zbekistonda parlament saylovi boshlandi

Bugun soat 06.00 da O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini saylash bo`yicha barcha 135 saylov okrugida saylov uchastkalari ochildi. Bu galgi saylovda saylovchilar ro`yxatiga mamlakatimizning 20 million 789 ming 572 fuqarosi kiritilgan.

2014-yilgi parlament saylovi jamiyatimizni yanada demokratlashtirish, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilishda navbatdagi muhim bosqichdir.

O`zbekistonda parlament saylovi boshlandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O`zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va O`zbekiston Xalq demokratik partiyasidan deputatlikka ko`rsatilgan 535 nomzod ishtirok etmoqda.

Parlament va joylardagi davlat hokimiyati vakillik organlariga bu galgi saylov sifat jihatidan yangi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sharoitlarda o`tkazilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi maqomi oshirildi. Saylovoldi tashviqoti tushunchasi, uni o`tkazish turlari, shakl va uslublari qonunchilik darajasida belgilandi. Kuzatuvchilarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlarni saylash bo`yicha O`zbekiston Ekologik harakati konferensiyasida ishtirok etish huquqi berildi.

Atrof-muhit va fuqarolar salomatligini muhofaza qilish, ekologik ahvolni yaxshilash masalalarining muhimligi va ularning hal etilishidan aholining barcha qatlamlari manfaatdor ekanidan kelib chiqqan holda, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 15 deputatlik o`rni O`zbekiston Ekologik harakatiga berilgan. Ekologik harakatdan deputatlarni saylash ham bugun bo`lib o`tadi. Shuningdek, bugun Ekologik harakatning deputatlarni saylashga bag`ishlab o`tkaziladigan konferensiyasida mamlakatimizning barcha hududlaridan delegatlar ishtirok etadi.

Saylov kampaniyasi davomida saylovning ochiq va oshkoraligini ta`minlashga alohida e`tibor qaratildi. Bu jarayonda kuzatuvchilar instituti va ommaviy axborot vositalari muhim o`rin tutmoqda. Osiyo, Yevropa, Afrika va Amerikaning 50 dan ortiq davlatidan, shuningdek, besh xalqaro tashkilot - YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosi, Mustaqil davlatlar hamdo`stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va Islom hamkorlik tashkiloti vakillari mamlakatimizning barcha hududlarida saylov jarayonini kuzatib bormoqda. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro`yxatga olingan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining 340 dan ziyod vakili saylov jarayonini keng yoritmoqda. (UzА)

Парламентские выборы начались в Узбекистане

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O`zbekistonda parlament saylovi boshlandi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Saylov demokratik ruhda o‘tishiga ishonamiz

Daan Vilyam Everts viloyatdagi ommaviy axborot vositalari vakillariga dastlabki taassurotlari haqida intervyu berdi.

Mamlakatimizda Yangi yil shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida bayram tantanalari boshlandi

Ertakmonand bezatilgan maydonda bolalarning shodon kulgisi yangraydi...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте