Yangilangan sana: 2014-12-12 Ko`rilgan: 835

Saylov demokratik ruhda o‘tishiga ishonamiz

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga 21-dekabr kuni o`tkaziladigan saylovlarni kuzatish maqsadida mamlakatimizga kelgan Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosi (DIIHB) kuzatuvchilar missiyasi rahbari elchi Daan Vilyam Everts boshchiligidagi kuzatuvchilar guruhi Samarqandga keldi.

Ular viloyatdagi bir qator saylov uchastkalarida saylovga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi. Siyosiy partiyalar vakillari bilan uchrashdi.

Daan Vilyam Everts viloyatdagi ommaviy axborot vositalari vakillariga dastlabki taassurotlari haqida intervyu berdi.

– Biz Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining vakillari sifatida O`zbekistondagi saylov jarayonlarini kuzatish maqsadida mamlakatingizga kelganmiz, – dedi Daan Vilyam Everts. – Samarqanddagi saylov uchastkalarida saylovga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdik. Shunga guvoh bo`ldikki, saylovga tayyorgarlik ishlari qonunlarga qat`iy rioya etilgan holda yuksak tashkilotchilik asosida olib borilgan. Saylovoldi tashviqoti, bunda siyosiy partiyalar va nomzodlarga yaratib berilgan sharoit va imkoniyatlar, ommaviy axborot vositalaridan qanday foydalanilayotgani bilan ham qiziqdik. Siyosiy partiyalar saylov jarayonining muhim ishtirokchilari hisoblanadi. Shu bois bugun siyosiy partiyalar vakillari bilan ham uchrashib, ularning bu galgi saylovlardagi ishtiroki bilan bog‘liq ko`plab ma`lumotlarga ega bo`ldik.

2014-yil 21-dekabrda O`zbekistonda o`tkaziladigan saylovlar saylovga oid milliy qonunchilikka ko‘plab o`zgartish va qo`shimchalar kiritilib, takomillashtirilgan holda o`tayotgani bilan avvalgilaridan farq qiladi. Xususan, mamlakat parlamentida eng ko`p deputatlik o`rnini egallagan siyosiy partiyaga Bosh vazir nomzodini ko`rsatish vakolatining berilishi siyosiy partiyalarning saylovda faol ishtirok etishga intilishini kuchaytirish hamda ular o`rtasida raqobat kuchli bo`lishini ta`minlaydi.

O`zbekistondagi saylovlar adolatli, ochiq va demokratik ruhda, siyosiy kurashlar ostida o`tishiga ishonamiz. (UzА)

Наблюдатели ОБСЕ прибыли в Самарканд

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Ular viloyatdagi bir qator saylov uchastkalarida saylovga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi noyabr 2014

Bugun 2014 yilning noyabr oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "G`afur G`ulom" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

O`zbekistonda parlament saylovi boshlandi

2014-yilgi parlament saylovi jamiyatimizni yanada demokratlashtirish, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilishda navbatdagi muhim bosqichdir.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте