Yangilangan sana: 2014-11-26 Ko`rilgan: 11960

Boshlang`ich sinf o`qituvchilariga yordam

Sog`lom bola yiliDavlat dasturida o`qitish sifatini yanada yaxshilash, jumladan, 1-4-sinflar uchun psixo-fiziologik o`ziga xosliklarni hisobga olgan holda o`quv dasturlari va darsliklarni qayta ko`rib chiqish, o`qitish jarayoniga ilg`or pedogogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish masalasi muhim vazifa sifatida belgilangan.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ta`lim jarayonini isloh etish borasidagi sa`y-harakatlarda o`qitishni sifat va mazmun jihatdan yuksaltirishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

O`zbekiston Xalq ta`limi vazirligi tomonidan Davlat dasturi ijrosini ta`minlash maqsadida boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun 7 nomdagi o`quv-uslubiy qo`llanmalar va ularning multimediali ilovalari yangidan yaratilib, joylarga yetkazildi. Mazkur qo`llanmalar zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini boshlang`ich sinflar o`qituvchilari faoliyatiga joriy etish maqsadida ishlab chiqilgan. Qo`llanmalardagi multimedia ishlanmalari o`qitishning o`yinli shakllari va media texnologiyalardan foydalanish imkonini beradi.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga yordam

Bundan tashqari, Davlat dasturi doirasida boshlang`ich ta`limda o`qitish sifatini yaxshilash maqsadida 2014-2017-yillarga mo`ljallangan reja ishlab chiqildi. Unga muvofiq vazirlik mutaxassislari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti olimlari, uslubchilar va amaliyotchi o`qituvchilardan iborat ijodiy guruhlar shakllantirildi.

Ushbu guruhlar tomonidan 1-sinf o`quvchilariga dars beruvchi pedagoglar uchun 7 nomda o`quv qo`llanmalari va ularga multimedia ilovalar yaratildi:
- Savodga o`rgatish (Alifbe);
- Ona tili;
- O`qish;
- Matematika;
- Atrofimizdagi olam;
- Russkiy yazыk;
- Kniga dlya chteniya.

Mazkur qo`llanmalar boshlang`ich sinf o`qituvchisiga dars jarayonida o`qitishning o`yinli shakllari va ilg`or texnologiyalarini qo`llash imkonini beradi. Ushbu materiallardan yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash va takrorlash jarayonida keng foydalanish nazarda tutilgan. Bu o`quvchilarning ta`lim olish sifat va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Darslikning multimediali ilovasida videolavhalar berilgan bo`lib, o`quvchilarning mavzuga bo`lgan qiziqishini oshiradi va tez tushunib olishiga imkon yaratadi. Dars davomida o`quvchilar charchab qolmasligi va zerikmasligi uchun musiqali dam olish daqiqalari ham tashkil etiladi. O`qish darslari uchun taqdim etilgan bunday o`yin va boshqotirmalar bolalarning mantiqiy fikrlash qobiliyati va hozirjavobligini rivojlantiradi.

O`quv-uslubiy qo`llanmalar va multimediali ilovalarning elektron shakli vazirlikning portaliga joylashtirilgan bo`lib, undan barcha foydalanishi mumkin. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Ushbu guruhlar tomonidan 1-sinf o`quvchilariga dars beruvchi pedagoglar uchun 7 nomda o`quv qo`llanmalari va ularga multimedia ilovalar yaratildi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O`qituvchi NMIU tomonidan Dilorom Nasriddinovaning Kitobim - oftobim 3 nomli sinfdan tashqari o`qish kitobi nashr etildi

O`qituvchi NMIU tomonidan Dilorom Nasriddinovaning Kitobim - oftobim 3 nomli sinfdan tashqari o`qish kitobi nashr etildi...

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi noyabr 2014

Bugun 2014 yilning noyabr oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "G`afur G`ulom" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

Mashhur yangiliklar

2013-04-18 Oqsaroyda qabul

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте