Yangilangan sana: 2014-11-16 Ko`rilgan: 1183

Bilim va amaliyot uyg`unligi

O`zbekiston davlat jahon tillari universitetida milliy jurnalistika rivojida yosh jurnalist kadrlarni tayyorlashning dolzarb masalalari mavzusida konferensiya bo`lib o`tdi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayonidagi keng ko`lamli islohotlarda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, ularning faoliyatini erkinlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jurnalist kadrlarning kasb salohiyatini yuksaltirishga alohida e`tibor qaratilayotir.

Jurnalistikaga ixtisoslashgan oliy ta`lim muassasalarida talabalarning o`quv-tanishuv va ishlab chiqarish amaliyoti davlat ta`lim standartlari asosida olib borilmoqda. Jumladan, O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetida o`quv amaliyotini samarali tashkil etish uchun mamlakatimizdagi o`ttizdan ortiq ommaviy axborot vositasi bilan yaqin hamkorlik yo`lga qo`yilgan. Fakultetda yetakchi jurnalistlar ishtirokida seminarlar, uchrashuv, davra suhbatlari muntazam o`tkaziladi.

Anjuman doirasida xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari o`rtasida ijodiy tanlov o`tkazildi. Unda yigirmadan ortiq yigit-qiz bosma nashrlar, televideniye, radio, internet jurnalistika yo`nalishidagi eng yaxshi materiallari bilan ishtirok etdi.

Tadbirda jurnalist kadrlarni tayyorlash, ularning kasb mahoratini muttasil oshirib borish, tahririyatlar bilan oliy ta`lim dargohlari o`rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, talabalarning o`quv amaliyoti samaradorligini ta`minlash kabi mavzularda ma`ruzalar tinglandi.

- Tanlovga ko`plab ilmiy-ommabop, badiiy-publitsistik maqolalarimni taqdim etdim, - deydi uchinchi bosqich talabasi Dilshod Ro`ziqulov. - Davlatimiz rahbari tomonidan jurnalist kadrlar tayyorlashga alohida e`tibor qaratilayotgani biz yoshlarning sohaga oid zamonaviy bilimlarni egallashimiz va o`z iste’dodimizni namoyish etishimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O`zbekiston davlat jahon tillari universitetida milliy jurnalistika rivojida yosh jurnalist kadrlarni tayyorlashning dolzarb masalalari mavzusida konferensiya bo`lib o`tdi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi oktyabr 2014

Bugun 2014 yilning oktyabr oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "G`afur G`ulom" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

O`qituvchi NMIU tomonidan Dilorom Nasriddinovaning Kitobim - oftobim 3 nomli sinfdan tashqari o`qish kitobi nashr etildi

O`qituvchi NMIU tomonidan Dilorom Nasriddinovaning Kitobim - oftobim 3 nomli sinfdan tashqari o`qish kitobi nashr etildi...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте