Yangilangan sana: 2010-08-29 Ko`rilgan: 977

O‘zbekiston noshirlari – kitob ko‘rgazmasi ishtirokchilari

      Rossiya Federatsiyasining matbuot va ommaviy kommunikatsiyalar Federal Agentligining rasmiy taklifiga binoan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tizimiga kiruvchi «O‘zbekiston», «O‘qituvchi», G‘afur G‘ulom va Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari hamda «Sharq» AK va «Ma'naviyat» nashriyoti 1-6 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan XXIII Moskva xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasida ishtirok etadilar. An’anaga ko‘ra ushbu xalqaro kitob anjumanida MDH, Evropa va Osiyo davlatlarining eng etakchi noshir va matbaachilari, kitob savdosi markazlari ishtirok etadilar.

      O‘zbekistonning etakchi nashriyot va matbaachilari ushbu nufuzli xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasida O‘zbekiston tarixi, adabiyoti va madaniyati va siyosiy hayotini aks ettiruvchi hamda matbaa jihatidan yuqori darajada nashr etilgan 180 nomdagi kitoblar bilan qatnashadi. O‘zbekistonda matbaa sohasini jadal rivojlantirish, zamon talabi darajasida jihozlangan korxonalarni ishga tushirish, bu yo‘nalishdagi xalkaro hamkorlikni kuchaytirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Matbaa korxonalari, nashriyot-matbaa ijodiy uylarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mutaxassislarning kasb malakasi va mahoratini yanada oshirishga oid keng ko‘lamli ishlar buning erqin dalilidir.

      «Nufuzli Moskva xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasida ishtirok etishdan asosiy maqsad chet el jamoatchiliguni O‘zbekistonning tarixi, boi ilmiy-ma'naviy merosi, uning mustaqillik yillarida erishgan salmoqli yutuqlari bilan tanishtirishdir», - deydi «Ma'naviyat» nashriyoti direktori Sunnat Ahmedov.

      XXIII Moskva xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi doirasida joriy yilning 3-4 iyun kunlari Moskvada bo‘lib o‘tgan «Kitobat san'ati» Xalqaro ko‘rik-tanlovi sovrindorlari qatori o‘zbekistonlik noshir va matbaachilarning tantanali taqdirlov marosimi bo‘lib o‘tadi. Shuni alohida qaid etish zarurki, «Kitobat san'ati» an'anaviy xalqaro ko‘rik-tanlovida ishtirok etgan nashriyotlarimiz kitoblari besh nominatsiya bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni egallagan edi.

      O‘zbekistonlik noshir va matbaachilar jahonning turli mamlakatlarida bo‘lib o‘tadigan qariyb barcha nufuzli kitob ko‘rik-tanlovlarida domo ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda.

(API Uz)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O‘zbekiston noshirlari – kitob ko‘rgazmasi ishtirokchilari

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

„O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi muharriri „Do‘stlik“ ordeni bilan taqdirlandi

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘n to‘qqiz yilligi munosabati bilan bir guruh ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy-axborot vositalari va boshqa ijtimoiy sohalar xodimlarini taqdirlash to‘g‘risida" gi farmoni bilan Vatan mustaqilligini mustahkamlash, xalq madaniyati va ma’naviyatini oshirishga qo‘shgan ulkan hissasi, yuksak iste’dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, fidokorona xizmati...

Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 19 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi

      Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar!

      Hurmatli mehmonlar!

      Bugun go‘zal va betakror yurtimizda buyuk ayyom, katta tantana. Xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan o‘z milliy mustaqilligining o‘n to‘qqiz yillik bayramini baland ruh va xursandchilik bilan kutib olmoqda.

Mashhur yangiliklar

2014-07-12 Sport marafoni

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте