Yangilangan sana: 2014-11-02 Ko`rilgan: 4104

"O‘qituvchi" NMIU Germaniyada o‘tkazilgan "FrankfurtBookMesse - 2014" kitob ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Germaniyaning Frankfurt shahrida har yili o‘tkaziladigan «FrankfurtBookMesse - 2014» nomli xalqaro kitob ko‘rgazmasining navbatdagi yarmarkasi o‘tkazildi. "O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi "FrankfurtBookMesse - 2014" kitob ko‘rgazmasida faol ishtirok etdi. Bu ko‘rgazmada birinchi marta O‘zbekiston nashriyot va matbaa korxonalarining katta hajmdagi stendi tashkil etildi. Ko‘rgazmada barcha yetakchi nashriyotlar va matbaa korxonalari ishtirok etishdi. Unda 200 dan ortiq kitoblar, albomlar va darsliklar namoyish etildi.

Фото директор и главный художник (слева) ИПТД O`qituvchi

O‘zbekistonda nashr etilgan kitoblar ayniqsa Italiya, Angliya, Fransiya, Germaniya, Belorussiya, Yaponiya, Turkiya, Qozog‘iston, Chexiya, Finlandiya, Hindiston, Xitoy va boshqa mamlakatlardan kelgan ko‘rgazma ishtirokchilari hamda boshqa barcha yoshdagi kitobxonlar ommasiga juda ma’qul keldi.

Ko‘rgazmada ishtirok etgan xorijlik mehmonlarga Hozirgi O‘zbekiston, O‘zbekistonning tarixiy shaharlari, O‘zbekiston amaliy san’ati, O‘zbek milliy taomlari, O‘zbek xalq ertaklari va sh.k. mavzularda tayyorlangan kitob va albomlar katta qiziqish uyg‘otdi.

Фото участники выставки в Германии FrankfurtBookMesse - 2014

Ko‘rgazmada O‘zbekiston nashriyot-matbaa korxonalari rahbarlari va mutaxassislaridan iborat katta delegatsiya ishtirok etdi. Ular zamonaviy matbaa yo‘nalishlari bilan tanishish bilan bir qatorda xorijlik sheriklar bilan tajribalar almashib, qo‘shma loyihalar haqida ham kelishib oldilar.

O‘zbekistondan tashrif buyurgan yosh mutaxassislar: rassomlar, matbaachilar, savdo va marketing bo‘limlari mutaxassislari uchun ko‘rgazma katta mahorat maktabi bo‘ldi. Ular ko‘plab mamlakatlardan kelgan yosh hamkasblar va keksa avlod vakillari bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Фото на выставке в Германии FrankfurtBookMesse - 2014

O‘zbek matbaachilari delegatsiyasi, shuningdek, «Heidelberg» va «ManRoland» ofset bosma mashinalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga tashkil etilgan ekskursiyada ham ishtirok etdilar. Bu korxonalar matbaa uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchi korxonalardan hisoblanadi. O‘zbekiston matbaachilariga yangi ishlab chiqarilgan 160x145 sm hajmdagi 8 seksiyali (qog‘ozni avtomat tarzda o‘giruvchi 4+4) bosma mashinalarning taqdimoti o‘tkazildi.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O`zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100-yilligini nishonlash to`g`risida

Betakror iste`dodi, Vatanga muhabbat, vafo va sadoqat tuyg`usini, olijanob insoniy fazilatlarni yuksak...

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi oktyabr 2014

Bugun 2014 yilning oktyabr oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "G`afur G`ulom" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

Mashhur yangiliklar

2014-02-18 Modernizatsiya

2015-07-06 Bosma uskuna

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте