Yangilangan sana: 2014-09-23 Ko`rilgan: 919

Toshkentda AKT-sammit - 2014 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari milliy sammiti bo`lib o`tdi

Toshkentda “AKT-sammit – 2014” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari milliy sammiti bo‘lib o‘tdi. “InfoCOM – 2014” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasidagi ushbu sammit mamlakatimiz axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi muhim voqealardan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi Xurshid Mirzohidov, BMTning mamlakatimizdagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi va BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Stefan Prisner va boshqalar Prezident Islom Karimov rahnamoligida axborot sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish hamda iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning barcha tarmoqlariga joriy etishga xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi. Davlatimiz rahbarining 2013-yil 27-iyundagi O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori 2013-2020-yillarda mamlakatimiz axborot resurslari, tizim va tarmoqlarini rivojlantirish strategiyasini belgilashga xizmat qilmoqda.

Sammit O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Komputerlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi hamda “ICTNEWS” nashri hamkorligida tashkil etildi. Tadbir milliy va xalqaro ekspertlarda yil sayin tobora katta qiziqish uyg‘otmoqda. Unda mamlakatimiz va Janubiy Koreya, Yaponiya, Estoniya, Belarus, Chexiya, Kipr kabi davlatlardan 500 dan ziyod delegat ishtirok etgani ham buning yaqqol tasdig‘idir.

“AKT davlat sektorida”, “AKT biznesda” “Internet va axborot resurslari” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi. Yalpi va sho‘ba yig‘ilishlarida yuqori texnologiyalar bozorining yetakchi ekspertlari, davlat organlari, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillari, mamlakatimiz va chet el IT kompaniyalari rahbarlari hamda mutaxassislari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini iqtisodiyot va jamiyat hayotining turli jabhalariga joriy etishga doir dolzarb masalalarni muhokama qildi. IT sanoati strategiyalari va uni rivojlantirish, texnologiya va infratuzilmalarni takomillashtirish, yangi ilova hamda yechimlar ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekistonlik mutaxassislar yurtimizda “Elektron hukumat” tizimini shakllantirish tajribasi, milliy tarmoq biznesini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida so‘zlab berdi. Iqtisodiyot va ijtimoiy hayotning turli sohalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, axborot xavfsizligi tizimini takomillashtirish va yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun innovitsiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Sammitda Janubiy Koreya delegatlari kengaytirilgan tarkibda ishtirok etdi. Ular axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat sektorida qo‘llash borasida erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan ma’ruzalar bilan qatnashib, ushbu sohada o‘zbekistonlik sheriklar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik xususida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

– O‘zbekistonda yuqori texnologiyalar sohasining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani sohani yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda, – deydi Janubiy Koreyaning LG CNS kompaniyasi prezidenti Kim De Xun. – Iqtisodiyotning turli jabhalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilayotgani buning yorqin isbotidir. O‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘shma biznes loyihalarini rivojlantirishga ishonamiz.

Mazkur sammit mutaxassislar, davlat organlari va xalqaro tashkilotlar, shuningdek, xususiy sektorga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bozorining holatini tahlil qilish, sohadagi so‘nggi yutuqlar bilan tanishish, yangi ishonchli hamkorlar topish, mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish uchun qo‘shimcha investitsiya resurslarini jalb qilish imkonini beradigan o‘ziga xos maydonga aylandi. (O`zА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Toshkentda “AKT-sammit – 2014” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari milliy sammiti bo‘lib o‘tdi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Bolalar kitobi festivali

Poytaxtimizning G`afur G`ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida O`zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga yo‘llagan bayram tabrigi

Avvalo, sizlarni umumxalq bayrami - O`qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklab, barcha-barchangizga o`zimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman...

Mashhur yangiliklar

2013-04-05 Oqsaroyda qabul

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте