Yangilangan sana: 2014-09-20 Ko`rilgan: 809

Bolalar kitobi festivali

Poytaxtimizning G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan Sog‘lom bola yiliga bag‘ishlab "Bolalar kitobi" respublika festivali tashkil etildi. "Sog‘lom va ma’naviy yetuk avlod – yurt kelajagi!" shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur festivalning ochilishida turli vazirlik va idoralar, ijodiy va jamoat tashkilotlari vakillari, yozuvchi va shoirlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, noshirlar, o‘qituvchilar, talabalar, o‘quvchilar, ota-onalar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari S.Sayyid va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida navqiron avlod ma’naviyatini yuksaltirish, ularning kitobga bo‘lgan mehrini tobora oshirish masalasiga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida axborot-resurs markazlari, nashriyotlar, bosmaxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy ma’rifat maskanlarini barpo etish, soha xodimlarining kasb malaka va mahoratini yanada yuksaltirishning yangidan-yangi imkoniyatlari ochilmoqda.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan nashriyot-matbaa ijodiy uylarini eng zamonaviy texnologiyalar asosida modernizatsiyalash, noshirlik ishlarini yanada takomillashtirish orqali o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini tobora yuksaltirish yuzasidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlarda noshirlik ishini yanada yaxshilashga oid sayyor o‘quv-seminarlar, o‘quvchilarning fikr-mulohazalari, talab va ehtiyojlarini puxta o‘rganish yuzasidan so‘rovnomalar, kitob savdosining tahlili muntazam tarzda yo‘lga qo‘yilgan.

"Sog‘lom bola yili" Davlat dasturida yosh avlodning kitobga bo‘lgan mehrini kuchaytirish orqali ularda yuksak ma’naviy fazilatlar, vatanparvarlik, fidoyilik, mehnatsevarlik, kattalarga hurmat kabi g‘oyalarni yanada mustahkam qaror toptirish muhim vazifa sifatida belgilangan. "Bolalar kitobi" respublika festivalidan ko‘zlangan asosiy maqsad ham istiqlol yillarida ma’naviyat, adabiyot, noshirlik sohalarida qo‘lga kiritilgan ulkan yutuq va marralarni keng jamoatchilikka yetkazish, bolalar adabiyotini rivojlantirish, yoshlarni istiqlol g‘oyalariga sadoqat, ona Vatanga muhabbat, ibratli an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda kitobning ahamiyatini yanada kengaytirishdan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta’limi vazirliklari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi, "O‘zdavkitobsavdota’minot" mas’uliyati cheklangan jamiyati, Toshkent shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan kitob bayrami Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda bo‘lib o‘tmoqda. "Bolalar kitobi" respublika festivalida oltmishdan ortiq nashriyot va matbaa korxonasi o‘z kitob mahsulotlari bilan qatnashmoqda. Kitob bayramida Prezidentimizning so‘nggi yillarda chop etilgan asarlari ko‘rgazmasi, Sog‘lom bola yiliga bag‘ishlangan hamda nufuzli xalqaro kitob yarmarkalarida sovrinli o‘rinlarga munosib topilgan kitoblar taqdimoti tashkil etildi.

– Mamlakatimizda keng ko‘lamli ma’naviy islohotlar natijasida bolalarning kitobga bo‘lgan qiziqishi tobora kuchayib bormoqda, – deydi Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktori Ulug‘bek Eshmuhamedov. – Bu jihatlar kutubxonalarda, ma’rifat maskanlarida kitob mutolaasi bilan mashg‘ul bo‘lgan yoshlar safining tobora ortayotganida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ushbu festival kitoblar haqida o‘qituvchilar, ota-onalar, keng jamoatchilikning fikrini o‘rganish, barkamol avlod tarbiyasiga oid noshirlik ishlarida yangidan-yangi istiqbollarni belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Festival doirasida "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda yosh ijodkorlar, adib va shoirlar, rassom-dizaynerlar o‘rtasida "O‘zbekiston – yagona Vatan!" mavzusidagi tanlov o‘tkazildi. "Eng yaxshi yosh kitobxon", "Kitobxon oila", "Mening birinchi kitobim", "Atrof-olam muhofazasi – salomatlik garovi", "Kitob – eng yaxshi sovg‘a" mavzularida viktorinalar, intellektual o‘yinlar, "Kitob o‘qishni yoqtirasizmi?" mavzusida ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazildi. Toshkent shahridagi "Barkamol avlod" bolalar markazlaridagi adabiyot, badiiy ijodga oid to‘garaklar a’zolari ishlarining ko‘rgazmasi, bolalarga mo‘ljallangan teatr jamoalarining badiiy chiqishlari, spektakllardan lavhalar, konsertlar, rasmlar ko‘rgazmasi festivalga ko‘tarinki kayfiyat va rang-baranglik bag‘ishladi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Bolalar kitobi festivali

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

ShHT sammiti yakunlandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 11-12-sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining Dushanbe shahrida bo`lib o`tgan navbatdagi sammitida ishtirok etdi...

Toshkentda AKT-sammit - 2014 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari milliy sammiti bo`lib o`tdi

"InfoCOM - 2014" axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasidagi ushbu sammit mamlakatimiz axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi muhim voqealardan biridir.

Mashhur yangiliklar

2014-02-18 Modernizatsiya

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте