Yangilangan sana: 2014-09-07 Ko`rilgan: 945

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi avgust 2014

Bugun 2014 yilning avgust oyi uchun «O`qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «G‘afur G‘ulom» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi,«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, «Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi kabi O‘zbekistonning yirik nashriyotlari o‘rtasidagi eng mashhur saytlar natijasini keltiramiz. Shuningdek, reytingdan O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi saytiga kirish statistikasi ham o‘rin olgan. Barcha statistik ma’lumotlar «O‘zbekiston qidiruv tizimi» va «Hotlog» kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan.

Диаграмма посещаемости крупнейших издательств Узбекистана за август 2014

Диаграмма посещаемости крупнейших издательств Узбекистана за август 2014

Диаграмма просмотров сайтов крупнейших издательств Узбекистана за август 2014

Диаграмма просмотров сайтов крупнейших издательств Узбекистана за август 2014

Saytlarga kiruvchilar miqdori, ya’ni saytlarga kiruvchi yagona foydalanuvchilar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinni «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyining saytiga avgust oyida 4426 internet foydalanuvchilari kirib, saytning 20483 sahifasi bilan tanishib chiqqanlar.

Ikkinchi o‘rinni Matbuot va axborot agentligi egallagan bo‘lib, uning saytiga 2002 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 4177 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

Uchinchi o‘rinni «G‘afur G‘ulom» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. Uning saytiga avgust oyida 1474 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 2824 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

To‘rtinchi o‘rinni «O‘zbekiston» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. Uning saytiga avgust oyida 438 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 1872 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

Beshinchi o‘rinni «Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. Uning saytiga avgust oyida bor yo‘g‘i 204 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 607 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

Oltinchi o‘rinni «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti egallagan. Uning saytiga avgust oyida bor yo‘g‘i 19 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 41 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

«O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

«O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

Matbuot va axborot agentligi saytiga tashrif buyurish statistikasi

Matbuot va axborot agentligi saytiga tashrif buyurish statistikasi

«G‘afur G‘ulom» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

«G‘afur G‘ulom» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

«O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

«O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

«Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

«Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti saytiga tashrif buyurish statistikasi

«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti saytiga tashrif buyurish statistikasi

2014 yilning avgust oyi uchun O‘zbekistonning yirik nashriyotlari saytlari mashhurligi natijalari mana shulardan iborat.

Biz bilan birga bo‘lganligingiz uchun rahmat!

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi O‘qituvchi G‘afur G‘ulom, O‘zbekiston, O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, Cho‘lpon, Matbuot va axborot agentligi avgust 2014

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma uch yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi

Bugun xalqimiz ona yurtimizning buyuk tarixidagi haqiqatan ham biz uchun eng ulug` ...

ShHT sammiti yakunlandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 11-12-sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining Dushanbe shahrida bo`lib o`tgan navbatdagi sammitida ishtirok etdi...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте