Yangilangan sana: 2014-08-18 Ko`rilgan: 2134

Maxsus ta’lim doimiy e’tiborda

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan poytaxtimizdagi 22-Mehribonlik uyida maxsus ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish mavzusida seminar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari A.Xolbekov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida istiqlolning dastlabki yillaridanoq bolalarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning to‘laqonli ta’lim-tarbiya olishi masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

“Ta’lim to‘g‘risida”, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar ijtimoiy-tibbiy holatidan qat’iy nazar, barcha bolalarning mukammal bilim olishi, o‘zi qiziqqan yo‘nalish bo‘yicha kasb-hunar egallashi, salomatligini mustahkamlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

«Sog‘lom bola yili» Davlat dasturi doirasida Mehribonlik uylari, aqliy va jismoniy nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar va maktabgacha muassasalarning moddiy-texnik bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash, ularni zarur inventarlar bilan ta’minlash, bolalarni hayotga moslashtirish bo‘yicha rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasini hisobga olgan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda o‘quv-tarbiya jarayonini tubdan takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

– Maktabimizda 250 nafardan ortiq o‘quvchi bilim oladi, – deydi Sho‘rchi tumanidagi 68-maxsus ta’lim muassasasi direktori Akbar Hayitov. – 2013/2014 o‘quv yilida bilim dargohimiz kapital ta’mirlandi. Sinfxonalar, axborot-resurs markazida bolalarning to‘laqonli o‘qishi, jamiyatga integratsiyalashuviga yaqindan ko‘maklashish uchun zarur barcha sharoit yaratildi. Mashg‘ulotlarga ilg‘or axborot-kommunikatsiya, pedagogik texnologiyalarning tatbiq etilayotgani o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan intilishini kuchaytirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Seminarda darslarda interfaol usul va multimedia vositalarini qo‘llash, korreksion darslarda pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, vasiylik va homiylik organlari faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlar bilan ishlash tartibi kabi mavzular bo‘yicha ma’ruzalar muhokama etildi. (O`zА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Maxsus ta’lim doimiy e’tiborda

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

«Quyoshli»da yoz soz o‘tmoqda

O`zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga qarashli ushbu oromgohda mavsum mobaynida ikki mingga yaqin bola dam oladi...

O‘zbekiston mustaqilligining yigirma uch yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g`oyani rivojlantirish, ma`naviyatimizni tiklash, o`zligimizni anglash yo`lida katta hissa qo`shgan...

Mashhur yangiliklar

2015-07-06 Bosma uskuna

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте