Yangilangan sana: 2014-08-11 Ko`rilgan: 1191

«Quyoshli»da yoz soz o‘tmoqda

Shu kunlarda Toshkent viloyatining tog‘li, bahavo hududlaridagi «Kamalak», «Humo», «Koinot», «Chimyon» kabi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida o‘g‘il-qizlar miriqib hordiq chiqarmoqda. Buni Bo‘stonliq tumanining Chimyon qishlog‘idagi «Quyoshli» oromgohi misolida ham ko‘rish mumkin.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga qarashli ushbu oromgohda mavsum mobaynida ikki mingga yaqin bola dam oladi.

Ayni paytda 380 nafarga yaqin o‘g‘il-qiz hordiq chiqarayotir.

«Quyoshli»da oliy toifali shifokor va ikki nafar hamshira bolajonlar sog‘ligiga mas’ul.

Bu yerda bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari bilan birga tez-tez tabiat qo‘yniga sayohatlar ham uyushtirib turiladi.

– Oromgohda yangi do‘stlar orttirdim, – deydi samarqandlik Mohinur Ubaydullayeva. – «Mohir qo‘llar» va ingliz tili to‘garaklariga qatnab ko‘p narsalarni o‘rgandim. Yangi o‘quv yilida o‘z ustimda yanada ko‘proq ishlab, matematika, fizika kabi fanlarni chuqur o‘rganmoqchiman.

Oromgoh hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ham muhim.

Boisi, «Quyoshli»ning umumiy yer maydoni 13 gektar.

Uning asosiy qismini mevali va manzarali daraxtlar tashkil etadi.

Turfa gullar kishining bahri dilini ochadi.

Hududda yetishtirilayotgan meva-sabzavotlar bolalar dasturxoniga tortiladi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

«Quyoshli»da yoz soz o‘tmoqda

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi iyul 2014

Bugun 2014 yilning iyul oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "G`afur G`ulom" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

Maxsus ta’lim doimiy e’tiborda

Seminarda darslarda interfaol usul va multimedia vositalarini qo`llash, korreksion darslarda pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте